Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Yangi yilga yangicha orzular bilan

2016 yil 23 dekabr kuni institut faollar zalida institut talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar tomonidan tashkil etilgan “Yangi yilga yangicha orzular bilan” deb nomlangan sahnalashtirilgan bayram dasturi namoyish etildi.

PC232993

Dastlab bayram dasturini ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor H.Norqulov ochib berdi va talabalarni kirib kelayotgan yangi 2017 yil bilan chin qalbdan qutlab, ularga yangi yilda zafarlar yor bo’lishini tiladi.

PC233005

PC233033

Shundan so’ng bayram dasturiga o’tilib, unda yosh ijodkorlar tomonidan yozilgan she’rlar o’qildi, dunyo xalqlarining milliy raqslaridan namunalar ijro etildi, talabalar tomonidan tayyorlangan sahnalashtirilgan “Qorbobo va qorqiz” ertagi, talabalar turar joyining “Quvnoqlar va zukkolar” jamoasining badiiy chiqishlari namoyish qilindi, turli ko’ngilochar o’yinlar takshil etildi, hazil-mutoyibalar qilindi hamda yosh san’atkorlar tomonidan kuy-qo’shiqlar yangradi. Bayram tadbiri barcha yig’ilganlarga xush-kayfiyat bag’ishladi.

PC233026

Tadbir yakunida bayram tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirildi.