Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Tarixingdir ming asrlar …

Joriy yilning 26 dekabr kuni institut Axborot – resurs markazi  o’quv zalida O’zbekiston xalq shoiri, dramaturg, jamoat arbobi, tarjimon, O’zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan davra suhbati bo’lib o’tdi.  Davra suhbatida Samarqand davlat chet tillar instituti ma’naviy ma’rifiy ishlari bo’yicha prorektori H.Norqulov, Axborot - resurs markazi direktori A.Eshqobilov, dosent A.Turobov, tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o’qituvchilari N.Rahmatullayev hamda M.Xolovalar ishtirok etishib, shoirning hayoti va ijodi haqida ma’ruza qilishdi.

PC263178

Davra suhbatida Samarqand davlat chet tillar instituti talabalari  tomonidan shoir ijodidan  namunalar o’qildi.

PC263183

Shuningdek, shoirning tavalludi munosabati bilan institut Axborot resurs markazi qoshida doimiy ko’rgazma tashkil etildi.

Tadbir adabiyotshunos o’qituvchilar hamda talabalar tomonidan mushoiraga ulanib ketdi.