Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkalari tashkil etilmoqda

Yangi kirib kelayotgan 2017 ylni munosib kutib olish hamda yangi yil bayrami munosabati bilan institut professor-o’qituvchilari va xodimlarini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash maqsadida institut rahbariyati tomonidan arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkalari tashkil etilmoqda.

PC283190

Oziq-ovqat yarmarkalarining dastlabki kunida institut professor-o’qituvchilari va xodimlariga sifatli go’sht va go’sht mahsulotlari arzon narxlarda yetkazib berildi.

PC283195

Shuningdek, yarmarka doirasida bayram dasturxoni uchun kerakli bo’ladigan sabzi, piyoz, kartoshka, uzum, olma, banan kabi meva-sabzavot mahsulotlari hamda salqin ichimliklarni 30% arzonlashtirilgan narxlarda hamda sifati kafolatlangan holda sotish rejalashtirilgan.  

Tashkil etilayotgan bunday yarmarkalari barchaning ko’nglini ko’tarmoqda hamda o’qituvchi va xodimlar uchun haqiqiy bayram tuhfasi bo’ldi, deyish mumkin.