Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Samarqand davlat chet tillar instituti rektori I. Tuxtasinovning yangi yil munosabati bilan bayram tabrigi

IMG_1207

Mana shu unutilmas, shukuhli damlarda Siz, aziz hamkasblar, hurmatli ustozlar, institutimiz jamoasi, qadrli talabalar hamda  butun O‘zbekiston xalqini — barcha-barchangizni qutlug‘ qadamlar bilan yurtimizga kirib kelayotgan yangi yil bilan chin qalbimdan tabriklab, samimiy tilaklarimni izhor etishni o‘zim uchun katta baxt deb hisoblayman.
Sizlarga shuni aytmoqchimanki, xalqimiz manfaatlarini hisobga olib, oldimizda turgan buyuk maqsadlarimizga erishish, har tomonlama bilimli, zukko, dunyo yoshlari bilan bemalol bellasha oladigan malakali mutaxassislarni tayyorlash hamda ma’nan etuk va sog‘lom avlodni tarbiyalash yo‘lida qilayotgan xizmatlaringiz beqiyosdir.
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan 2017 yilni “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinishi ham oldimizga ulkan vazifalarni qo‘yadi. Bu yo‘lda hormay, tolmay mehnat qilish, el-yurt xizmatida bo‘lish barchamizga nasib etsin.
Aziz yurtdoshlar, muhtaram jamoa,  kirib kelayotgan yangi 2017 yil xonadonlaringizga tinchlik, sog‘lik-omonlik va xursandchilik, to‘kin-sochinlik olib kelishini, yurtimiz yanada obod bo‘lib, yanada chiroy ochib ravnaq topishini, barcha-barcha ezgu niyatlaringiz ro‘yobga chiqishini tilaymiz!
Har birimizning pok niyat va tilaklarimiz ijobat bo‘lsin!
Vatanimiz tinch, xalqimiz omon, osmonimiz musaffo bo‘lsin!
Yangi yil yana bir bor barchamizga muborak bo‘lsin!

SamDChTI rektori
I. Tuxtasinov