Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

“Ma’naviyat va ma’rifat kengashi”ning navbatdagi yig’ilishi o’tkazildi

2017 yilning 5 yanvar kuni SamDChTI Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosarlari, kafedra mudirlari, jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda kafedralarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar, ustoz-murabbiylar hamda xotin-qizlar ishlari bo’yicha mas’ullari ishtirok etishdi.

P1053307

Yig’ilishni ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor H.Norqulov olib bordi.

P1053349

Dastlab kengashda dekabr oyida amalga oshirilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo’yicha mas’ul shaxslarning hisobotlari eshitildi.

P1053346

Shundan so’ng yanvar oyida o’tkazilishi rejalashtirilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, jumladan, 2017 yil yanvar oyida “14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “O’zbekiston – mustaqil Vatanimiz, milliy armiyamiz faxru g’ururimiz!” mavzusida tadbirlar, sport musobaqalari hamda “Mardlik va jasorat” darslari, 2017 yil 6-9 yanvar kunlari institutda ustoz-murabbiylar uchun 3 kunlik o’quv-seminar mashg’ulotlari kabi tadbirlar muhokama qilindi.

P1053342

Bundan tashqari kafedralarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha yillik rejasi hamda kafedra ma’naviyat daftarining tasdiqlanganligi, fakultet va kafedralarning ma’naviy-ma’rifiy, ustoz-murabbiy va xotin-qizlar kengashlari bo’yicha mas’ullarini tayinlanish holati, Bosh bino, TTJ, fakultetlarda navbatchilikning borishi, o’qituvchi va talabalarning kiyinish madaniyatiga rioya qilishlarini nazorat qilish, talabalarning tibbiy ko’rikdan o’tishi natijalari, to’garaklar faoliyatini jonlantirish, ijarada yashaydigan talabalar bilan olib borilayotgan ishlar, institut veb-saytining «Forum» sahifasiga ma’lumotlarning joylashtirilishi keng muhokama qilindi.

P1053312  

Institut huquqshunosi M.Asliyev ham so’zga chiqib, bugungi kunda yurtimizda ma’naviyatga qaratilayotgan e’tibor, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar ko’lami, bunda jamoat tashkilotlarining o’rni, professor-o’qituvchilarning ma’naviy-ma’rifiy sohaga oid majburiyatlari va ularning huquqiy asoslari to’g’risida fikr bildirib o’tdi. Ushbu masala bo’yicha sharq tillari kafedrasi mudiri A.Raximov, xodimlar kasaba uyushmasi raisi I.Salomovlar ham o’z fikr-mulohazalarini bildirib o’tishdi.

P1053310

Yig’ilish so’ngida ishtirokchilarga institutning Ustoz-murabbiylar kengashi raisi tanishtirildi hamda fakultet va kafedralarning xotin-qizlar bo’yicha mas’ul o’qituvchilar bilan amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.