Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Professor-o’qituvchilar uchun o’quv-seminar

Institutda faoliyat olib borayotgan ustoz-murabbiylarning ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ishlarini yanada jonlantirish, dunyoda sodir bo’layotgan ijtimoiy-siyosiy vaziyatlardan xabardor qilish hamda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo’yicha bilimlarini oshirish hamda me’yoriy hujjatlar bilan ishlashni takomillashtirish maqsadida 2017 yil 6-9 yanvar kunlari “Bugungi dunyoning siyosiy-mafkuraviy manzarasi”  mavzusida ustoz-murabbiylar uchun 3 kunlik o’quv-seminar mashg’ulotlari tashkil etilmoqda.

P1063400

2017 yil 6 yanvar kuni o’quv-seminarning birinchi kuni bo’lib o’tdi. Seminarni ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor H.Norqulov ochib, Institutda faoliyat olib borayotgan ustoz-murabbiylarning ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ishlarini yanada jonlantirish, dunyoda sodir bo’layotgan ijtimoiy-siyosiy vaziyatlardan xabardor qilish maqsadida ushbu seminar tashkil etilayotganligini ta’kidladi va so’zni institut rektori I. Tuxtasinovga berdi.

P1063455

I.Tuxtasinov so’zga chiqib, bugungi kunda dunyodagi siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy vaziyat haqida o’z fikr-mulohazalarini bildirib o’tdi. Shuningdek, joriy yilning Prezidentimiz tomonidan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinishiga alohida to’xtalib, joriy yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalarni aytib o’tdi hamda professor-o’qituvchilar bilan mavjud muammolar va takliflar bo’yicha o’rtoqlashdi. Ularning yechimi bo’yicha o’zining fikrlarini bildirib o’tdi.

P1063420

P1063390

Shundan so’ng fakultetlararo ijtimoiy fanlar kafedrasi professorri R.  Shodiyev hamda kafedra dosenti O.Mo’minovalar “Milliy g’oya va mafkuraning tarixiy ildizlari” mavzusida, o’quv ishlari bo’yicha prorektor F.Ro’ziqulov me’yoriy hujjatlar bilan ishlashni takomillashtirish yuzasidan ma’ruzalar qilishdi.

P1063398

P1063369

P1063377

Semina o’z ishini 7-9 yanvar kunlari davom ettiradi.