Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Talaba-yoshlar o’rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish bo’yicha davra suhbati o’tkazildi

2017-yil 26-yanvar kuni Samarqand davlat chet tillar institutida talaba-yoshlarning diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish, ular o’rtasida xavfsizlikni saqlash va huquqbuzarlikning oldini olish, ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog’lomlashtirish bo’yicha bilimlarini oshirish bo’yicha davra suhbati o’tkazildi.

P1264139

P1264177  

Davra suhbatida Samarqand shahar Ruhobod masjidi bosh imom xatibi T.Amirov, Samarqand viloyat IIB bosh mutaxassisi B.Aminov, viloyat Adliya boshqarmasi mas’ul xodimi Sh.Shodiyevlar so’zga chiqishib, yoshlar o’rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish yo’llari, ommaviy madaniyatning kelib chiqishi, islom dinining mazmun-mohiyati, terrorchilikdan ko’zlangan maqsad va bunda islom dinining o’rni va ahamiyati, huquqbuzarliklarga qarshi kurashishda yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish bo’yicha ma’ruzalar qilishdi. Ma’ruzalar bevosita savol-javoblarga ulanib, qizg’in bahs-munzaralarga sabab bo’ldi.

P1264175

P1264168

P1264153

Tadbirniroman-german tillari fakulteti dekani o’rinbosari O’.Sattorov olib bordi.