Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Porloq xotirangiz qalbimizda abadiy

2017 yil 27 yanvar kuni Samarqand davlat chet tillar institutida O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimovning tavallud kuni munosabati bilan “Porloq xotirangiz qalbimizda abadiy” mavzusida tadbir o’tkazildi.

P1274193

P1274211

P1274265

 

P1274226

Tadbir avvalida O’zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi yangrab, birinchi Prezidentimiz xotirasiga hurmat bajo keltirildi.

P1274247

P1274299

Tadbirni institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori H.Norqulov kirish so’zi bilan ochib, O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning hayoti va faoliyati haqida ma’lumot berib o’tdi va institut rektori I. Tuxtasinovga so’z berdi.

P1274308

P1274215

Institut rektori I. Tuxtasinov so’zga chiqib, uning mustaqil O’zbekistonning barqaror rivojlanishida qo’shgan hissasi va u tomonidan amalga oshirilgan ulkan islohotlar to’g’risida ma’ruza qildi.

P1274208

Tadbirda shuningdek, bir necha yillar Islom Karimov bilan yonma-yon mehnat qilgan, hozirda “O’zbekiston ovozi” gazetasining bosh muharriri sifatida faoliyat olib borayotgan Safar Ostonov so’zga chiqib, Islom Abdug’aniyevich Karimovning mardlik va jasorat  bilan olib borgan faoliyati,  undagi rahbarlik va tashkilotchilik qobiliyati, fidoyiligi va qat’iyati, el-yurt dardini, odamlarning tashvish va muammolari, ularning talab va manfaatlarini yurakdan his qilishi kabi fazilatlari haqida xotirlab o’tdi.

P1274213

Shundan so’ng ingliz tili fonetikasi kafedrasi tomonidan tayyorlangan bayram dasturi havola etilib, unda Islom Karimovning hayotidan lavhalar, taqdimotlar, u tomonidan yangragan buyuk va hikmatli so’zlar, uning porloq xotirasiga bag’ishlangan she’rlar va kuy-qo’shiqlar namoyish etildi.

P1274325 P1274286

Tadbirni ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor H.Norqulov olib bordi.