Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Fransiyaning Versal akademiyasi qoshidagi Pontuaz Pedagogika Oliy maktabi delegatsiyasi tashrifi

28 yanvar kuni institutga Fransiyaning Versal akademiyasi qoshidagi Pontuaz Pedagogika Oliymaktabining Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig‘i Pascale Boissonnet hamda хalqaro aloqalar va almfshinuv dasturlar bo’yicha mutaxassislar Isabelle Leroy va Maud Kerfornelar tashrif  buyurdi.

IMG_1488

Delegatsiya a’zolari bilan SamDChTI rektori I. Tuxtasinov, o’quv ishlari bo’yicha prorektor F. Ro’ziqulov, ilmiy ishlar bo’yicha prorektor Sh. Ashurov, xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i O. Yusupov hamda Fransuz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri N. Suvonova va katta o’qituvchi D. Kiselyovlar ishtirokida rasmiy uchrashuv bo’lib o’tdi.

IMG_14482

IMG_1448

Uchrashuvda ta’lim muassasalari o’rtasida o’zaro hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish, jumladan, talabalar, magistrantlar, doktorantlar va professor-o’qituvchilar almashinuvini loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, malaka oshirish kurslari, xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar, seminar-treninglar tashkil etish hamda SamDChTI magistrantlari va ilmiy tadqiqotchilariga Versal akademiyasi professorlarining ilmiy maslahatchi sifatida biriktirish, hamda hamkorlikda ilmiy maqolalar chop etish kabi mavzularda fikr almashindi.

 IMG_1519

IMG_1515

IMG_1511

    Xorijiy hamkorlar Evropa Ittifoqining Erasmus+ programme International Credit Mobility, Capacity Building in Higher Education loyihalarida SamDChTI bilan yaqindan hamkorlik qilish taklifini bildirishdi.

IMG_1494

IMG_1490

IMG_1528

Rasmiy uchrashuvdan so’ng fransuz tili o’qituvchilari va talabalari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.