Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Targ’ibotchilar Bulung’ur tumanida

Samarqand davlat chet tillar instituti rahbarligidagi Respublika targ’ibot guruhi a’zolari institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori Husniddin Norqulov, “O’zbekiston Ovozi” gazetasi bosh muharriri Safar Ostonov, jurnalist Nodir Jo’ramurodov, “Kamolot” YoIH viloyat kengashi faoli Isayev Mehrojlar O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning hayoti, faoliyati va boy me’rosini targ’ib qilish maqsadida 2017 yilning 25 yanvar kuni Bulung’ur tumaniga tashrif buyurishdi.

1

2

3

U yerda Bulung’ur milliy hunarmandchilik kolleji hamda 18-umumta’lim maktabi jamoasi va o’quvchilari bilan uchrashib, mamlakatimizning birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimovning  hayoti, mehnat faoliyati va merosi, undagi rahbarlik va tashkilotchilik qobiliyati, fidoyiligi va qat’iyati, el-yurt dardini, odamlarning tashvish va muammolari, ularning talab va manfaatlarini yurakdan his qilishi kabi fazilatlari to’g’risida fikrlar yuritishdi.

4

5

6

Uchrashuvda mahalliy aholi vakillari bilan mamlakatimizning birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimovning hayoti va mehnat faoliyati to’g’risida saol-javoblar tashkil etildi.

7

8