Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Umumxalq hashari o’tkazidi

Samarqand davlat chet tillar institutida 2017 yil 28-29 yanvar kunlari umumxalq hashari tashkil etildi. Umumxalq hasharini yuqori saviyada o’tkazish maqsadida institut rektori, prorektorlar, fakultet dekanlari, dekan o’rinbosarlari hamda bo’lim boshliqlari, shuningdek, ishchi xodimlar va talabalar, jami 450 dan ortiq kishi jalb etildi.

1

2

Hashar davomida institut hududi, shu jumladan, uning atrofidagi ariq-zovurlar, institut bosh binosining ichki va tashqari qismlari, talabalar turar joyi binosi atroflari, fakultetlar binolari atroflari, shuningdek, institutga biriktirilgan hududlar turli turdagi chiqindilardan tozalandi. Binolarning panellari va deraza romlari artilib, toza holga keltirildi. Institut hududidagi daraxt va gulzorlar atrofi tozalanib, ularga shakl berildi va oqlandi. Ularning yer qismi chopilib, yumshatildi hamda bahor mavsumiga tayyorlandi. Institut hududidagi yo’laklar ta’mirlanib, ularning chetigan o’rnatilgan bardyuralar oqlandi. Hududdagi yoritish moslamalari va binolarni ko’rsatuvchi belgilar ta’mirlandi. Eskilari yangisiga almashtirildi. Hududdagi irrigasiya tizimi ko’rikdan o’tkazilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi.

3

4

Shuningdek, barcha o’quv binolaridagi auditoriyalar ko’zdan kechirilib,  u yerdagi chiqindilar olib chiqildi va tozalandi. Institut o’quv binolari va TTJning yerto’lalari, tomlari IIB xodimlari tomonidan ko’rikdan o’tkazildi. Umumxalq hashari qatnashchilari zarur texnika vositalari va anjomlar bilan ta’minlandi.

5

6

Hashar davomida 2 tonnadan ortiq maishiy va qurilish chiqindilari olib chiqib tashlandi, 1 gektardan ortiq maydon obodonlashtirildi, 3 km uzunlikdagi ariq-zovurlar chiqindilardan tozalandi, institut hududidagi 150 dan ortiq daraxt va gulzorlar atrofi tozalanib, ularga shakl berildi va oqlandi.

7