Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Targ’ibotchilar Payariq va Ishtixon tumanlariga tashrif buyurishdi

Samarqand davlat chet tillar instituti rahbarligidagi Respublika targ’ibot guruhi a’zolari “O’zbekiston Ovozi” gazetasi bosh muharriri Safar Ostonov, institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori Husniddin Norqulov, jurnalist Nodir Jo’ramurodov, “Kamolot” YoIH viloyat kengashi faoli Isayev Mehrojlar O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning hayoti, faoliyati va boy me’rosini targ’ib qilish maqsadida Payariq hamda Ishtixon tumanlariga tashrif buyurishdi.

Targ’ibotchilar 2017 yilning 29 yanvar kuni Payariq tumanidagi Kattaturk xizmat ko’rsatish kolleji hamda Javshar ota mahallasi, 30 yanvar kuni Ishtixon tumanidagi Axborot va kompyuter texnologiyalari kolleji hamda Ishtixon ijtimoiy iqtisodiyot va servis kolleji jamoasi va o’quvchilari bilan uchrashib, yurtimizni mustaqillikka olib chiqqan va 25 yil davomida mamlakatimizni boshqargan, xalqimizning taraqqiyot va rivojlanish yo’lini belgilab bergan mamlakatimizning birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimovning  hayoti, mehnat faoliyati va merosi haqida fikrlar yuritishdi.

Uchrashuvda mahalliy aholi vakillari bilan mamlakatimizning birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimovning hayoti va mehnat faoliyati to’g’risida saol-javoblar tashkil etildi.

1

2

3

4

5

6

7