Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Institut rektorining TTJda istiqomat qiladigan talabalar bilan ochiq muloqoti o’tkazildi

2017 yil 30 yanvar kuni institut rektori I.To’xtasinov ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor H.Norqulov, o’quv ishlari bo’yicha prorektor F.Ro’ziqulov, fakultet dekanlari B.Odilov, A.Shermatov hamda dekan o’rinbosarlari bilan birgalikda TTJda istiqomat qiladigan talabalar bilan ochiq muloqot o’tkazdi.

Muloqotda talabalar tomonidan talabalar turar joyida mavjud bo’lgan muammo va kamchiliklar yuzasidan bir qator taklif va mulohazalar bildirildi. Institut rektori I.To’xtasinov yuqorida bildirilgan muammolar tez orada muammolar bartaraf etilishini hamda ularni hal etish yuzasidan mas’ul shaxslarga ko’rsatmalar berilishini ta’kidlab o’tdi.

 1

3

Muloqotda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prooyektor H.Norqulov so’zga chiqib, talabalardan TTJdagi mavjud muammolar albatta bartarf etilishini, shu bilan birgalikda talabalardan ham o’zlarining burch va majburiyatlarini o’z vaqtida bajarishlarini hamda institut ichki tartib-qoidalari va TTJ nizomiga amal qilishlari lozimligini uqtirdi.

2

6

Muloqotda, shuningdek, o’quv ishlari bo’yicha prorektor F.Ro’ziqulov ham so’zga chiqib, mavjud muammolarni bartaraf etishda birgalikda harakat qilib, barcha o’z ishiga mas’uliyat bilan yondashadigan bo’lsa albatta muammolar yuzaga kelmasligini, shu bilan birgalikda o’quv jarayonida ham talabalarning muammolari bo’ladigan bo’lsa o’quv ishlari bo’yicha prorektorga yozma hamda og’zaki tarzda murojaat qilishlari mumkinligini  aytib o’tdi. 

4

5