Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Xazrat Navoiy tavvalludi arafasida: Oybekning “Navoiy” romani ingliz tilida: taqdimot, targ’ibot, tahlil

2017 yil 1 fevral sanasida Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot-resurs markazi o’quv zalida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish bo’yicha komissiya tuzish to’g’risida”gi F–4789-sonli farmoyishini ijro etish bo’yicha tadbirlar doirasida ARMga  kelib tushgan badiiy adabiyotlardan  Muso Toshmukhammad ogli OYBEK  “Navoiy Novel” (ingliz tilidan  I.M. Tuxtasinov va O.M.Muminov tarjimasi) Toshkent.: 2016.- 468p.,) romanining inglizcha tarjimasi taqdimoti bo’lib o’tdi.

Taqdimotda institut ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori H.D.Norqulov, ARM direktori A.Eshqobilov, arab tili nazariyasi amaliyoti kafedrasi mudiri, dotsent A.M.Turobovlar ishtirok etib, ma’ruza qildilar

1

2 

Prorektor H.D.Norqulov o’z nutqida yoshlar o’rtasida kitobxonlikni yanada kuchaytirish borasidagi hukumat farmoyishining mazmun-mohiyati va bunda hazrat Navoiy badiiy merosining ahamiyati haqida gapirgan bo’lsa, ARM direktori, yozuvchi va shoir A.K.Eshqobilov (Eshqobil Vali) Alisher Navoiyning  komil inson to’g’risidagi  g’oyasi va uning bugungi ijodkorlar faoliyatida aks etishi, tarjima asarlarida kuzatilishi haqida gapirdi, A.M.Turobov Navoiyning buyuk dahosi, uni o’qib hayratda qolishimiz sabablari haqida ilmiy-ma’rifiy fikrlarini bayon qildi. Taqdimot tadbiri bahs munozaralarga, savol-javoblarga boy tarzda o’tdi.

  4

Tadbirni o’tkazishdan maqsad yoshlarni ma’nan barkamol va yetuk yetib tarbiyalash, ular o’rtasida kitobxonlikni targ’ib qilish, buyuk ma’naviy mrosimiz mohiyatini anglatish v unga nisbatan muxabbat uyg’otishdan iborat bo’ldi.