Tarkibiy bo'linmalar

  Bo'limlar

 

 

 

 

Bosh sahifa
Yangiliklar
Institut tarixi
Institut tuzilmalari
Rektorat
Fakultetlar
Bo'limlar
Markazlar
Axborot resurslari
Abituriyentlarga

 

 

 

 

 MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT BO’LIMI

Institutda ma’naviy-axloqiy tarbiya borasidagi ishlar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 23 apreldagi “Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazini tashkil qilish to’g'risida”gi Farmoni, 1996 yil 9 sentyabrdagi “Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to’g'risida”gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 24 iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g'risida”gi Qarori, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 3 sentyabrdagi “Respublika ma’naviyat va ma’rifat Kengashini qo’llab-quvvatlash to’g'risida”gi Farmoni, 1997 yil 29 avgust Oliy Majlis IX sessiyasida qabul qilingan “Ta’lim to’g'risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda vazirlikning tegishli me’yoriy hujjatlari asosida amalga oshirilmoqda.

Ma’naviyat va ma’rifat bo’limida 4 nafar xodim: Jumayev O. bo’lim boshlig’i, ikki nafar uslubchi va operator faoliyat yuritishadi.

Institutda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning asosini O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov asarlari va ma’ruzalarida e’tirof etayotgan milliy istiqlol g'oyasi asosida barkamol avlodni shakllantirish, ularda Vatanga muhabbat, o'z xalqiga sadoqat istiqlolga fidoyilik, mustaqil va erkin fikrga ega bo'lgan, irodasi mustahkam, iymoni butun yoshlarni voyaga yetkazish kabilar tashkil etadi.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo'limi o'z faoliyatini institut Nuroniylar va murabbiylar kengashlari, «Kamolot» YOIH institut boshlang'ich tashkiloti, xotin-qizlar qo'mitasi, xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi hamda fakultetlar dekanlarining ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo’yicha dekan o’rinbosarlari bilan hamkorlikda olib boradi.

Institutda olib borilayotgan har bir ishdan ko'zlangan maqsad talabalar ongiga milliy istiqlol g'oyasini singdirish, vatanga muhabbat, mustaqillikning qadriga yetish kabi tuyg’ularni shakllantirishdan iborat.

Ma’naviyat va ma’rifat bo'limi talabalarning ma’naviy tarbiyasida terrorizm, diniy ekstremizm, aqidaparastlik, xuquqbuzarlik, giyohvandlik, OITS kabi illatlarga qarshi kurashish, ularning oldini olish, ular keltirib chiqaradigan mudhish oqibatlardan talabalarni ogoh etishga alohida e’tibor qaratadi. Shu maqsadda huquq-tartibot, diniy, sog'liqni saqlash idoralari va boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda kompleks tadbirlar amalga oshiriladi. Jumladan, ular ishtirokida  amaliy anjumanlar, uchrashuvlar, davra suhbatlari muntazam o'tkazib boriladi. Shuningdek, talabalar ushbu mavzuda yaratilgan filmlar, spektakllar, sahnalashtirilgan tomoshalarga ommaviy ravishda olib boriladi.

Talabalar turar joyida olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar ham bo'limning doimiy e’tiborida turadi. Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalarning dam olishi, o'z ustida mustaqil ishlashlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Jumladan, talabalar turar joyida kutubxona va qiroatxona, ma’naviyat va ma’rifat xonasi, sport klub faoliyat ko'rsatmoqda. Talabalarning o'qishdan bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida qiroatxonada kitobxonlik kechalari, ma’naviyat va ma’rifat xonasida uchrashuvlar, davra suhbatlari, sport klubida turli musobaqalar muntazam o'tkazib kelinmoqda.

Bo'lim tomonidan talabalarning o'qishdan bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishga alohida axamiyat beriladi. Buning uchun institutda 30 ga yaqin klub va to'garaklar faoliyat ko'rsatmoqda. Ayniqsa, «Talaba» sport klubi, «Shodiyona», «Quvnoqlar va zukkolar», «Zakovat» klublari, «Nika» teatr-studiyasi kabilarga talabalarda qiziqish katta. Ularda bugungi kunda mingga yaqin talabalarimiz darsdan bo'sh vaqtlarini do'stlari bilan birgalikda o'tkazishmoqda. Chunonchi, 2006 yil 29 may kuni SamDUda o'tkazilgan «Barhayot an’analar» folklor festival-tanlovida «Shodiyona» folklor dastasi «Qizlar majlisi» teatrlashtirilgan sahna asari bilan ishtirok etib, faxrli 2-o'rinni qo'lga kiritdi. 2006 yil 15-19 may kunlari Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetida o'tkazilgan «Nihol-2006» teatr san’ati festivalida institutning «Nika» talabalar teatr studiyasi ishtirok etib, yoshlarni giyohvandlik, OITS, kashandalik, alkogolizm kabi illatlardan saqlash, ularni to'g’ri yo'lga solish masalalariga bag'ishlangan «Radi jizni i lyubvi» sahna asarini namoyish etishdi va tanlov komissiyasi tomonidan diplom va estalik sovg'asi bilan taqdirlanishdi.

Institutda talabalarning ma’naviy tafakkurini shakllantirishda «Mustaqillik – mening taqdirimda» rukni ostida taniqli olimlar, yozuvchilar, shoirlar va boshqa mustaqilligimiz uchun, Vatanimiz ravnaqi uchun o'zining munosib hissasini qo'shayotgan insonlar bilan o'tkazilayotgan uchrashuvlar muhim omil bo'lmoqda.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni moddiy va ma’naviy qo'llab-quvvatlash bo'limning doimiy nazoratidagi ishlardan hisoblanadi. Milliy bayramlarimiz arafasida, shuningdek, yil davomida navbati bilan ota-onasi yo'q, nogiron, kam ta’minlangan talabalar moddiy rag’batlantirib boriladi.

Shuningdek, talabalar o'rtasida turli xil ko'rik-tanlovlar, sport musobaqalari ham muntazam o'tkazib boriladi. Jumladan, an’anaviy spartakiada o'yinlari, «Balli qizlar» kabi tanlovlar, referatlar, insholar tanlovlari fakultetlarda, so'ng institut miqyosida o'tkazib boriladi.

 

Ma’naviyat va ma’rifat bo’limining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Talaba- yoshlar ongiga milliy istiqlol g’oyasini singdirish, ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini olib borishning amaliy ta’sirchan mexanizmlarini shakllantirish;
  • Ma’naviy-ma’rifiy jarayonni demokratik boshqarish va iechil takomillashtirib borish;
  • Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning joriy va istiqbolli rejalarini ishlab chiqish va ularning qat’iy amalga oshirilishini nazorat qilish tizimini vujudga keltirish;
  • Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimi uchun zarur me’yoriy hamda uslubiy hujjatlarini,amaliy tadbirlar rejalarini ishlab chiqish;
  • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlarni professor-o’qituvchilar talabalarga o’z vaqtida yetkazish hamda har tomonlama tushuntirishni tashkil etish, buning uchun maxsus kurslar joriy eta borish, turli mavzulardagi ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, bahs –munozaralar, muloqotlar, suhbatlar, savol-javob kechalarini uyushtirish;
  • Vazirlikning ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo’yicha qabul qilingan hujjatlarini institut jamoasiga o’z vaqtida yetkazish va ulardagi tadbirlarning bajarilishini tata’minlash;
  • Huquqiy tarbiyani amalga oshirish va huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda ishlash;
  • Talabalarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazishni tashkil qilish, institutda talaba-yoshlarning qiziqishlariga muvofiq yo’nalishlar va ixtisosliklar, kasb-hunar turlari bo’yicha to’garaklar, talaba-yoshlarning darsdan bo’sh vaqtlarini unumli va foydali mehnat bilan band qilishga qaratilgan boshqa tuzilmalar tashkil etish;
  • Institut talabalar turar joyining sharoitlarini, unda istiqomat qilayotgan talabalar  talablariga har tomonlama javob berishini  muntazam nazorat ostida tutish;
  • Kam ta’minlangan, ko’p bolali oiladan chiqqa, yetim talabalning moddiy ahvoli haqidagi ma’lumotlarni olish va ularni ijtimoiy muhofaza qilishbo’yicha muntazam ish olib borishdan iborat.     

Ma’naviyat va  ma’rifat bo’limi tomonidan Vazirlik va boshqa yuqori tashkilotlardan kelgan me’yoriy hujjatlar o’z vaqtida o’rganilib, tadbirlar ishlab chiqilib, javoblar qaytarilmoqda.

 

 

 

 

 

 

Copyright © 2006  SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI

Web-master Burnashev R.F. & Vohidov O.O.