Tarkibiy bo'linmalar

  Bo'limlar

 

 

 

 

Bosh sahifa
Yangiliklar
Institut tarixi
Institut tuzilmalari
Rektorat
Fakultetlar
Bo'limlar
Markazlar
Axborot resurslari
Abituriyentlarga

 

 

 

 

O’quv – uslubiy bo’lim

 

 

 

O’quv-uslubiy bo’lim institut dekanat va kafedralaridagi o’quv jarayonini tashkil qilish, kundalik nazorat va tahlil ishlarini olib boradi.

O’quv-uslubiy bo’limida 10 – nafar xodim ishlaydi.

  1. O’quv-uslubiy bo’limi boshlig’i;
  2. Metodist;
  3. Kotiba;
  4. Dispetcher;
  5. Statist;
  6. Inspektor;
  7. Nazoratchi.

 

O’quv bo’limi boshlig’i:

  • o’quv bo'limi boshlig’i o'quv va ilmiy ishlar prorektorining bevosita  rahbarligida ish olib boradi. Uning vazifalari quyidagilardan iborat:
  • o'quv mashg'ulotlari jadvalini tuzish, o’quv amaliyotini o’tkazish, dekanatlar va kafedralar tomonidan ushbu grafiklarning bajarilishini nazorat qilish, ularning o'quv jarayonini  rejalashtirish, hisob-kitob va hisobotlarning ta’minlashini tekshirish;
  • o'quv mashg'ulotlari jadvallarini tuzishni tashkil etish, aniqlangan kamchiliklarning dekanatlar va kafedralar tomonidan bajarilishi tekshirish natijalarini umulashtiradi;
  • o’quv rejalarini qayta ko’rib chiqish va yanada takomillashtirish, institut kengashiga materiallar tayyorlash;
  • uslubiyot va pedagogika, ochiq darslar sikllari masalalariga bag’ishlangan o’qituvchilar konferensiyalari va seminarlarini o’tkazish, uslubiy adabiyotlar nashr etish bo'yicha yillik va perspektiv rejalar ishlab chiqish;
  • o’quv xonalaridan foydalanishni rejalashtirish;
  • soatbay o’qituvchilar ishini rejalashtirish, o'quv ishlarning bajarilishini nazorat qilish;
  • kafedralarning sinov va imtihonlarini o’tkazishga tayyorgarlik darajasini tekshirish, davlat imtihonlari va diplom loyihalari va ishlar himoyasini tashkil etishda ishtirok etish;
  • qishki va yozgi imti¯on sessiyalarining yakunlarini tuzish va akadem qarzlarning topshirilishini nazorat qilish;
  • kafedralardagi o’quv-yordamchi xodimlar bilan ishni tashkil qilish;
  • o’quv bo'limi, dekanatlar va kafedralarda ish yuritishni nazorat qilish;
  • dekanat bilan hamkorlikda talabalarning mustaqil ishlarini tashkil qilish jadvalini tuzish va ularning bajarilishini nazorat qilish;
  • kadrlar bo'limi bilan ¯amkorlikda katta laborantlarni attestasiya qilish;
  • professor-o'qituvchilar va o'quv yordamchi xodimlarning ta’til jadvalini tuzishda ishtirok etadi;
  • ta’limning texnik vositalari laboratoriyasi va dasturiy ta’lim ishini, o’quv bo'limining ayrim qismlari (ishlab chiqarishni ta’limi, dispetcherlik, statistika) ishlarini tashkil qilish;
  • dekanatlarning o’quv yili davomidagi ¯isobotlarini umulashtirish, institut bo’yicha ¯isobot tuzish;
  • o’quv xarajatlari qismi bo’yicha institut smetasi loyihasini tuzish
  • rektor va o’quv ishlari prorektorining ko’rsatmalari bo’yicha har  xil ma’lumotnomalar tuzish;
  • quyidagi ishlar bo’yicha ma’lumotlar olib borish:
  • yuqori tashkilotlar, institut kengashi qarorlari va rektorat tomonidan o’quv jarayonini tashkil etish, ta’minlash va olib borish masalalari bo’yicha ko’rsatmalarini, yuriqnomalar, buyruqlar, farmoyishlarning bajarilishi bo’yicha;
  • kafedralar o’qituvchilarning o’quv yuklamalarini taqsimlash va ularning bajarilishini tekshirish, institut va kafedralar professor-o’qituvchilari tarkibi, ularning shtatlar sonini belgilash yuzasidan takliflar ishlab chiqishi bo'yicha:
  • dekanatlar va kafedralar tomonidan o’quv-uslubiy ishlar rejasining bajarilishini, o'quv dasturlarini tuzish hamda uslubiy ko’rsatmalar, topshiriqlar, nazorat ishlari yozilishi bo’yicha;
  • talabalarni darsliklar, o’quv qo’llanmalari, uslubiy ko’rsatmalar va topshiriqlar bilan ta’minlash bo’yicha:
  • kafedralar tomonidan o’quv topshiriqlari va nazorat ishlarini bajarish muddati va ishlarning mohiyatini talabalarga o’z vaqtida tushuntirib berilishi bo’yicha;
  • dekanatlar va kafedralar talabalarining topshiriqlar va nazorat ishlarini bajarilishi hamda talabalarning mustaqil ishlarini takomillashtirish bo’yicha hisob-kitob ishlarining ahvoli bo'yicha.

 METODIST:

  • ishchi o’quv rejalari o’quv standartlariga va bir-biriga muvofiqlashtirish:
  • ishchi o'quv rejalarini dasturlar, darsliklar, o’quv qo’llanmalari va ma’ro’za matnlari bilan
  • ta’minlanganligini nazorat qilib boradi:
  • uslubiy kabinet tashkil qiladi va uni uslubiy adabiyotlar bilan to’ldirib boradi:
  • kafedralarda bajarilayotgan uslubiy ishlarning bajarilish jadvallarini va sifatini nazorat qiladi hamda bu ishda amaliy yordam ko'rsatadi;
  • amalda qo’llanilayotgan fan dasturlarini, kafedralar, fakultet va markazlar ish rejalarini hamda o’qituvchilar individual ish rejalarini markazlashtiradi va boshqa ishlarni bajaradi:
  • korxona va tashkilotlar bilan talabalarni amaliyot o’tashga yuborish haqida o’z vaqtida shartnomalar tuzadi, ishlab chiqarish amaliyoti bazasida pasportlashtirishni o’tkazadi:
  • fakultetlarning talabalarni ishlab chiqarish ta’limi bo’yicha rejalarni muvofiqlashtirish va institutning erkin o’quv jadvalini tayyorlashda ishtirok etadi:
  • talabalarni ishlab chiqarish va o’quv amaliyotiga yuborish bo'yicha buyruq loyihalarini tayyorlashda ishtirok etadi, dekanatlar va o’quv markazlar bilan hamkorlikda ishlab chiqarish amaliyotiga borish bo’yicha jadval tuzadi:
  • mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo’yicha instruktajlar tashkil qiladi:
  • talabalarning ishlab chiqarish ta’limini o’tkazish uchun ishlab chiqarish ta’limi dasturini ishlab chiqadi va qayta ko’radi:
  • talabalarning ishlab chiqarish ta’lim dasturlari bilan ta’minlaganligini, uslubiy ko’rsatmalar, topshiriqlar, kundaliklar, leksiya matnlari va boshqalar bilan qurollanganligini nazorat qiladi:
  • ishlab chiqarish ta’limi yakunlari bo’yicha har yili fakultet anjumanlarini tashkil qiladi;
  • dekanatlarning  ishlab chiqarish ta’limi to’g’risidagi hisobotini o’z vaqtida topshirishlarini nazorat qiladi, ta’lim yakunlari bo’yicha hisobotini tayyorlaydi:
  • talabalar amaliyoti bo’yicha hisobotlarning  sifatini va o'z vaqtida bajarilishini nazorat qiladi.

 

STATIST:

  • 3 va 4 shakllar bo’yicha hisobot, professor-o’qituvchilar tarkibini harakati, talabalarning fakultetlar va kurslar bo’yicha oylik, kvartal, yillik o’zlashtirishlari (har bir imtihon sessiyasidan keyin), shuningdek, har bir fan bo’yicha talabalarning darslarga qatnashishlari to’g’risida oylik, semestr va yillik ma’lumotlar tuzadi:
  • talabalarning birinchi kursga qabuli, mutaxassislar chiqarish, ularning tegishli yillarga nisbatan miqdori, o’quv yilining boshida talabalar soni, davlat imtihon topshiruvchi, diplom ishi(loyiha)larini himoya qiluvchilar soni to’g’risida yillar bo’yicha hisob olib boradi.
  • talabalarning guruhlar bo'yicha soni, guruh sardorlari, nomdor stipendiyalar, xo’jalik stipendiyalari oluvchilar ro'yxati, akadem qarzdor talabalar ro'yxatini olib boradi:
  • soatbay o’qituvchilarning bajarayotgan soatlari hisobini olib boradi, qaydnomalar to'ldiradi:
  • rektor yoki o’quv ishlar prorektori talabiga muvofiq talabalar qabuli, bitirishi, haydalishi, davomadi va hokazolar to’g’risida ma’lumotnomalar tuzadi.

 

TALABALAR STOLI NAZORATCHI:

  • kunduzgi bo’lim talabalari shaxsiy delosining olib borilishini va mazmunini nazorat qilib boradi:
  • talabalikka qabul qilinganligi, kursdan kursga o’tkazganligi, talabalr safidan chiqarilganligi to’g’risida buyruqlardan ko’chirma tayyorlaydi:
  • taxsil olayotgan talabalarning ism shariflari va akademik guruxlarini alfavit daftariga qayd qilib boradi:
  • mazkur daftarga buyruqlardan qisqacha ko’chirma qayd qilib boradi:
  • institut talabalar safidan chiqarilganlarni xisobga olib boradi:
  • viloyatlar va Respublikalardan taxsil olayotgan talabalar bo’yicha ma’lumotnomlar tayyorlaydi:
  • bitiruvchilarning shaxsiy delosiga tikib qo’yish uchun diplomdan nusxa oladi:
  • institutni bitiruvchilarning shaxsiy delolarini tayyorlaydi va arxivga topshiradi:
  • institut talabalarining mehnat daftarchasini olib boradi.

 

 

 

 

 

 

 

 

Copyright © 2006  SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI

Web-master Burnashev R.F. & Vohidov O.O.