|
|
Ilmiy bo'lim
Ilmiy bo’lim
institutda ilmiy – tadqiqot ishlarini rivojlantirish
va ularning samaradorligini oshirish; tadqiqot natijalarini
matlubot kooperasiyasining korxonalariga, xalq xo’jaligining
boshqa tarmoqlariga va o’quv jarayoniga tadbiq qilishni
jadallashtirish; ilmiy – pedagogik xodimlarni tayyorlash
va malakasini oshirish hamda institutning nashrlik faoliyatini
rivojlantirish maqsadida faoliyat ko’rsatadi.
Ilmiy bo’limda
3 nafar xodim ishlaydi.
1. Ilmiy bo’lim boshlig’i.
2. Iqtidorli talabalar bilan ishlash
bo’yicha muhandis.
Ilmiy
bo’lim boshlig’i vazifalari quyidagilardan iborat:
Ilmiy boshlig’i
institutda ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik xodimlarni
tayyorlash, ularning malakasini oshirish va nashr ishlariga
rahbarlik qiladi:
- institutda va uning bo’limlarida
(tarkibiy qismlarida) ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy
ishlarni tashkil qiladi;
- kafedralar va laboratoriyalarning
yillik va perspektiv ilmiy-tadqiqot rejalarini tuzishga
rahbarlik qiladi va ular asosida institutning yillik
va perspektiv ilmiy-tadqiqot rejalarini ishlab chiqadi
hamda ularni tasdiqlash uchun institut ilmiy kengashiga
taqdim qiladi;
- xalqaro fondlar, grantlar, buyurtma
va xo’jalik shartnomalari mavzularining o’z vaqtida
bajarilishini tashkil va nazorat qiladi;
- tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini
amaliyotga joriy qilishni tashkil qiladi;
- patent, lisenziya va avtorlik
guvohnomalarini olish uchun hujjatlarni tayyorlash
va rasmiylashtirish bo’yicha ishlar olib boradi;
- katta ilmiy xodimlar, aspirantlar
rahbarlari va tadqiqotchilarning dissertasiyalarni
bajarish haqidagi hisobotlarini institut ilmiy kengash
majlislarida doimiy ravishda (tinglashni) eshitishni
ta’minlaydi;
- aspirantlarni attestasiyadan
o’tkazish ishlarini boshqarib boradi;
- institutning tahririyat kengashi
ishini tashkil qiladi;
- institut professor-o’qituvchilari
va aspirantlari tomonidan tayyorlangan darsliklar,
o’quv qo’llanmalari, ma’ro’za matnlari, ilmiy konferensiya
materiallari va boshqa ilmiy ishlarni nashrga tayyorlashni
tashkil qiladi va ularni chop qilishga yordam beradi;
- institutda va kafedralarda ilmiy
konferensiyalar, simpoziumlar va seminarlar o’tkazishni
rejalashtiradi va tashkil qiladi hamda ularni o’tkazish
bo’yicha tayyorgarlik ishlariga rahbarlik qiladi;
- fakultetlar, o’quv markazlari
va kafedralardagi talabalar ilmiy-tadqiqot ishlari
faoliyatini nazorat qiladi hamda a’lochi va iqtidorli
talabalarni Prezident va davlat stipendiyalariga
tavsiya etishni tashkil qiladi;
- ilmiy-tadqiqot ishlarining yakunlari
bo’yicha yillik hisobot tuzadi va uni institut ilmiy
kengashiga muhokama qilish uchun taqdim qiladi.
Iqtidorli
talabalar bilan ishlash bo’yicha muhandis vazifalari
quyidagilardan iborat:
- faoliyatning asosiy yo’nalishlari
institut ilmiy kengashi tomonidan belgilangan tartibda
tasdiqlanadi.
- ilmiy-tadqiqot va tajriba ishlarining
joriy va perspektiv rejalarini tuzishda qatnashadi;
- ilmiy-tadqiqot va tajriba ishlarini
bajarish bo’yicha shartnomalar tuzish uchun uslubiy
va instruktiv materiallar bilan ta’minlaydi;
- ilmiy-tadqiqot ishlari bo’yicha
yillik hisobotni tayyorlash uchun barcha zarur materiallar
va axborotlar bilan ta’minlaydi;
- institut professor-o’qituvchilari,
injener-texnik xodimlari va talabalarini ilmiy-tadqiqotlar
o’tkazishni jadallashtirishga va mutaxassislar tayyorlashning
sifatini oshirishga yordam beruvchi Vatan va chet
el fan va texnika yutuqlari haqidagi axborotlar
bilan ta’minlaydi;
- ilmiy konferensiyalar, simpoziumlar
va seminarlar o’tkazish to’g’risida takliflar ishlab
chiqishda va ular bo’yicha xabar xatlari va dasturlar
tuzishda qatnashadi;
- ilmiy va ilmiy-amaliy konferensiyalar
materiallarini, o’quv yurtlararo tematik ilmiy ishlar
to’plamlarini va boshqa ilmiy ishlarni chop qilishga
tayyorlashda qatnashadi;
- fakultetlar, o’quv markazlari
va kafedralarda talabalar ilmiy – tadqiqot ishlarini
tashkil qilishga uslubiy yordam beradi:
- talabalar ilmiy to’garaklari
faoliyatini nazorat qiladi:
- dekanatlar, o’quv markazlari
va kafedralar bilan hamkorlikda oliy o’quv yurti
fanlar olimpiadalari va mutaxassislar ichki konkurslarini
tashkil qiladi:
- talabalar ilmiy konferensiyasini
o’tkazishda qatnashadi va talabalar ilmiy ma’ro’zalarini
chop qilishga yaqindan yordam beradi:
- ilmiy ishlarni fan va texnika
davlat komitetida ro’yxatidan o’tkazish va rasmiylashtirish
uchun uslubiy yordam ko’rsatadi.
|
|