|
Marketing
bo’limining vazifalari
SamDCHTI
marketing bo’lim Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining
“Respublika oliy o’quv yurtlari tomonidan akademik litsey
va kasb-hunar kollejlariga amaliy yordam ko’rsatish
hamda marketing xizmatini yanada takomillashtirish haqida”gi
2001 yil 30 maydagi 125-sonli buyrug’iga asosan tashkil
topdi.

Bo'lim
boshlig'i Xaydarov S.Q.
Namunaviy
Nizomga asoslangan holda bo’lim Nizomini takomillashtirish
yillik ish rejasini ishlab chiqish va oliy o’quv rektori
tomonidan tasdiqlash.
Respublikaning
barcha korxona, muassasa va tashkilotlarning institutda
tayyorlanadigan malakali kadrlarga bo’lgan ehtiyojini
o’rganish va axborotli ma’lumotlar bazasini yaratish.
Institut
va korxonalar o’rtasida aloqani rivojlantirish uchun
amaliy tadbirlar ishlab chiqish.
Institutning
o’kuv yo’nalishlari bo’yicha talabalarni qabuli va bitiruvchilarini
ishga joylashtirish bo’yicha barcha korxona va tashkilotlarni
rekvizitlarini aniqlashtirish va ular bilan shartnoma
tuzish.
Korxona
va tashkilotlarni mutaxassislarga (qabul, bitiruv, amaliyot
bo’yicha) bo’lgan istiqbolli ehtiyoji asosida axborotlar
bankini yaratish.
Institutga
qabul qilinadigan abituriyentlarning har yilgi miqdoriy
ko’rsatgichlarini aniqlash va joriy yilning 5-yanvariga
qadar rektor tomonidan tasdiqlangan qabul rejasi loyihasini
vazirlikka takdim etish.
Har
joriy yil "Oliy ma’lumotli mutaxassislarga bo’lgan
talablarni o’rganish bo’yicha hujjatlar to’plash"da
va qarorning bandlarida ko’rsatilgan vazifalarni bajarilishi
bo’yicha ma’lumotlar, rektor tomonidan tasdiqlanib,
bosh boshqarmaga topshirish.
Dekan
va kafedra mudirlarining bevosita ishtirokida o’quv
yilining tugallanishiga qadar institutda tayyorlanayotgan
mutaxassislar uchun ish joylarini aniqlash va belgilangan
tartibda ish bilan ta’minlash.
Institutda
tayyorlangan mutaxassislarning nazariy bilimlari kelajakdagi
amaliy faoliyatlari bilan muvofiqligini o’rganish maqsadida
korxonalar, tashkilotlar va boshqa idoralar bilan uzviy
aloqa o’rnatish.
Korxona,
muassasa, tashkilotlar, jismoniy shaxslar bilan mutaxassislar
tayyorlash bo’yicha shartnomalarni rasmiylashtirish,
xamda to’lov shartnoma asosida o’qiyotgan talabalarni
o’z vaqtida mablag’larni to’lashni tashkil etish.

|