|
|
Kadrlar bo'limi
SamDChTI
kadrlar bo’limi 1994 yil 22 dekabrda tashkil etildi.
Bo'lim tashkil topgandan boshlab Musinova Zebo Turabovna
rahbarlik qilib kelmoqda.

Bo'lim
boshlig'i Musinova Z.T.
SamDChTI
kadrlar bo’limi 1994 yil 22 dekabrda tashkil etildi.
Ushbu bo’lim tarkibiga bo’lim boshlig’i, 2 ta nazoratchi
va 1 ta kotiba kirar edi. Ushbu bo’limda institut professor-o’qituvchilarining,
xodimlarining shaxsiy ishlari turadi va ularga tegishli
bo’lgan hujjatlar rasmiylashtiriladi.
Xozirgi
vaqtda kadrlar bo’limining asosiy vazifalari quyidagilardan
iborat:
- institut
bo’linmalarining rahbarlari bilan hamkorlikda
o’quv-yordamchi, o’quv-ishlab chiqarish, ma’muriy-boshqaruvchilik
va xizmat ko’rsatuvchi xodimlarni tanlash va
joy-joyiga qo’yadi:
- rektor
nomenklaturasiga kirgan institutning barcha
toifadagi xodimlarini ishga qabul qilishni,
boshqa ishga o’tkazishni va bo’shatishni rasmiylashtiradi:
- kadrlar
bo’limi xodimlarining o’z vazifalarini bajarishlarini
nazorat qilib boradi:
- xodimlar
bilan tuziladigan kontrakt blankalarini to’ldirishni
tashkil qiladi:
- xodimlar
bo’yicha buyruq loyihalarini tuzadi:
- institut
xodimlariga tavsifnoma berilishini rasmiylashtiradi
va nazorat qilib boradi:
- institut
jamoasida mehnat tartib qoidalariga rioya qilishni
nazorat qilib boradi:
- ma’lumotnomalar
berishni qayd qilib boradi:
- mehnat
daftarchalariga talabnomalar tuzadi, ularni
hisobga olib
- boradi
va ular uchun hisobot beradi.
- xodimlarni
u yoki bu lavozimga tayinlash huquqini beradigan
hujjatlarni rasmiylashtiradi:
- ishlayotgan
xodimlarning belgilangan shakldagi ro’yxatini
olib boradi:
- institut
xodimlarining shtat jadvalini tuzadi:
- yangidan
ishga qabul qilingan, boshqa ishga o’tkazilgan
va ishdan bo’shatilgan xodimlarni hisobga olish
daftarini yuritadi:
- boshqa
ishga o’tkazish to’g’risidagi T-2 shakldagi
varaqchalarini qayd qilib boradi:
- mehnat
daftarchalariga xodimlarning ishga qabul qilinganligi,
bir ishdan boshqa ishga o’tkazilganligi va bo’shatilganligi
to’g’risida qaydnomalar yozadi, maxsus kitobda
mehnat daftarchalarini hisobga olib boradi,
ularni saqlaydi:
- institut
bo’yicha xodimlarni ishga qabul qilish, boshqa
ishga o’tkazish, bo’shatish, ta’tillar berish
to’g’risida buyruq hujjatlar tayyorlaydi:
- xodimlarning
shaxsiy ishiga tikib qo’yish uchun, (qabul qilish,
boshqa ishga o’tkazish, bo’shatish va h. k.lar
to’g’risida) buyruqdan ko’chirmalar tayyorlaydi:
- alfavitli
daftarga buyruqlardan qisqacha ko’chirmalar
qayd qilib boradi:
- ma’muriyat
bilan moddiy javobgar shaxslar o’rtasida to’la
moddiy javobgarlik to’g’risida mehnat shartnomalar
tuzilishini ta’minlaydi:
- shaxsiy
tarkib bo’yicha statistik hisobotlar tuzadi:
- institut
xodimlarining shaxsiy ishlaridagi hujjatlarning
to’liqligini nazorat qilib boradi:
- institut
xodimlarining shtat-lavozim ro’yxatini yuritadi:
- talabga
muvofsh’ institut xodimlari ish joyi to’g’risida
ilmiy darajasi va unvoni to’g’risida ma’lumotlar
yozib beradi:
- vaqtinchalik
ishga yaroqsizlik varaqalarini (byulletenlarini)
hisobga olib boradi va ularda ish stajini ko’rsatadi:
- ishdan
bo’shaganlarning shaxsiy hujjatlar ishini tayyorlaydi
va vaqti-vaqti bilan arxivga topshirib boradi:
- kadrlar
bo’limi nozirlarining mehnat-ishlab chiqarish
intizomiga rioya qilishlarini nazorat qilib
boradi:
- kadrlar
bo’limi boshlig’i yo’qligida uning vazifasini
bajaradi.
- institut
professor-o’qituvchilar lavozimlariga e’lon
tayyorlab beradi va ularning xujjatlarini tanlovga
tayyorlaydi va tanlovdan o’tganlarni xujjatlarini
rasmiylashtiradi;
- institut
professor-o’qituvchilari va xodimlarini tibbiy
ko’rikdan o’tishini nazorat qiladi.
|
|