Tarkibiy bo'linmalar

  Bo'limlar

 

 

 

 

Bosh sahifa
Yangiliklar
Institut tarixi
Institut tuzilmalari
Rektorat
Fakultetlar
Bo'limlar
Markazlar
Axborot resurslari
Abituriyentlarga

 

 

 

 

Ichki nazorat va monitoring bo’limi

SamDChTIning ichki nazorat va monitoring bo’limi O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus Vazirligining 2001y. 29.08.da chiqqan 207 sonli buyrug’i asosida tashkil etilgan.

Ichki nazorat va monitoring o’z faoliyatini  Vazirlik bilan kelishilgan xolda va institut rektori tastiqlagan yillik rejaga muvofiq amalga oshiradi.

Ichki nazorat va monitoring bo’limining vazifasi quyidagilardan iborat:

  • Oliy ta’lim muassasalarning ichki nazorat va kadrlar tayyorlash Milliy dasturini ro’yobga chiqarishning monitoringi (bundan keyin ichki nazorat va monitoring) kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishi, o’quv-ta’lim jarayonida O’zbekiston Respulikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining oliy ta’lim sohasiga oid qarorlari, Oliy va o’rta  maxsus ta’lim vazirligining me’yoriy xujjatlari va uslubiy ko’rsatmalarining ijro etilishini o’z vaqtida bajarilishini nazorat va tahlil qilish maqsadida tashkil qiladi.
  • Ichki nazorat va monitoring o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga “Ta’lim to’g’risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida”gi qonunlarga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligining Hay’at qarorlari, buyruqlariga va mazkur nizomga muvofiq amalga oshiradi.
  • Ichki nazorat va monitoring oliy o’quv yurtlarida kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tadbiq etilishini amalga oshiradi, shuningdek fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo’linmalarning o’quv, o’quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqot, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, hay’at va ilmiy kengash qarorlari, vazirlik va o’quv yurti bo’yicha chiqarilgan buyruqlarning va ta’lim sohasidagi me’yoriy xujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi.
  • Ta’lim muassasalarida O’zbekiston Respublikasining oliy ta’limga oid qonunlari, yuqori tashkilotlarning qaror va farmoyishlarini, Vazirlikning hay’at qarori, buyruq, yo’riq, xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek o’quv yurtining Kengash qarori va buyruqlarining bajarish, nazoratini ta’minlash va monitoringini olib borish.
  • Professor-o’qituvchilar tarkibi va xalq xo’jaligi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash sifatining ichki nazoratini tashkil etish va o’tkazish.
  • Oliy ta’lim muassasasi qaror va buyruqlarini ijrosini ta’minlash tizimini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.

Ichki nazorat va monitoring quyidagi xuquqlarga ega:

  • Oliy o’quv yurtida va unga tegishli ta’lim muassasalarida (malaka oshirish instituti, liseylar va boshqalar) ta’lim standartlariga hamda ta’limga oid me’yoriy hujjatlarga amal qilinishini tekshirish.
  • Oliy o’quv yurtida va unga tegishli ta’lim muassasalarida bo’ladigan barcha turdagi kengash ishlarida ishtirok etish.
  • Ta’lim muassasasi faoliyatini o’rganish bo’yicha fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo’linmalardan o’z xizmat vazifalarini bajarish uchun kerakli hujjatlarni talab qilish va masalaga oid mutaxassislarni jalb qilish.
  • Kurs loyihasi (ishlari)ni, bitiruv malakaviy ishlarni hamda magistrlik dissertasiyasini himoya qilish, davlat attestasiyalarining o’tkazilishini, barcha turdagi nazariy va amaliy mashg’ulotlarni ko’rib chiqish.
  • Ichki nazorat va monitoring huquqi doirasidagi masalalarni joylarda o’rganish uchun belgilangan tartibda o’quv yurtining malakali professor-o’qituvchilarini jalb qilgan holda guruhlar tuzish.

 

 

 

 

 

 

Copyright © 2006  SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI

Web-master Burnashev R.F. & Vohidov O.O.