Tarkibiy bo'linmalar

  Bo'limlar

 

 

 

 

Bosh sahifa
Yangiliklar
Institut tarixi
Institut tuzilmalari
Rektorat
Fakultetlar
Bo'limlar
Markazlar
Axborot resurslari
Abituriyentlarga

 

 

 

 

Xalqaro aloqalar bo’limining faoliyati

  • Chet ellik fuqarolarni SamDCHTIda turli xil tayyorlov kurslarda o’qitish;
  • Institut o’qituvchi va talabalarini xorijiy oliy ta’lim muassasalarida ilmiy malaka oshirishga ko’maklashish;
  • Xalqaro loyiha va dasturlarni amalga oshirish;
  • Institutning chet ellik hamkorlar bilan ilm – fan, ta’lim va biznes sohasidagi faoliyatini yo’lga qo’yish;
  • Institutning xorijiy universitetlar bilan uzoq muddatli shartnomalar hamda qisqa muddatli dasturlar bo’yicha hamkorlikni tashkil qilish.

SamDCHTI xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari bilan ilmiy, amaliy va texnikaviy sohalarda 50 dan ortiq davlatlar bilan hamkorlik shartnomalarini imzolagan. Har ikkala tomonlar o’rtasidagi shartnomalar asosida aniq yo’nalishlar bo’yicha ishchi dasturlar asosida ilmiy tadqiqotlar olib bolrilmoqda natijada zamonaviy ilmiy nashrlar chop etilmoqda. Rossiya, Olmoniya, Italiya, Xitoy, Malayziya, Koreya, Yaponiya va boshqa ko’plab davlatlar universitetlari bilan hamkorlik faol rivojlanmoqda.

Institut asosiy e’tiborni xorijiy universitetlar bilan professor – o’qituvchi va talabalar almashinuvini rivojlantirishga qaratmoqda. Har yili institutimizning 100 dan ortiq professor – o’qituvchilari, aspirantlari hamda talabalari Yevropa, Amerika va Osiyo davlatlarida taxsil olishmoqdalar, yozgi ta’til davomida ishlab chiqarish jarayoni bilan va yangi texnologiyalar bilan tanishmoqdalar, xorijiy universitetlarda malakalarini oshirib qaytishmoqdalar.

Institut ilmiy xodimlari va talabalari xalqaro konferensiyalarda ishtirok etishlariga katta e’tibor qaratilmoqda.

Istitut xalqaro faoliyati umumiy rivojlanish strategiyasi asosida, xalqaro fondlar va tashkilotlar oldidagi majburiiyatlari bilan birgalikda, xorijiy hamkorlar bilan imzolangan kelishuv va shartnomalar asosida quriladi. Bunda asosan institut fakultet va bo’limlari barcha foyda va avzal tomonlarini o’ziga jalb qilgan holda ishtirok etadi..

2001 – 2005 o’quv yillarida xalqaro loyihalar doirasida institutga 500 ming EURO beg’araz yordam jalb etildi.

2002 – 2005 o’quv yillari davomida xorijga qo’shma tadqiqotlar olib borish, ta’lim dasturlarini amalga oshirish, malaka oshirish, tahsil olish kabi ilmiy safarga borib kelishgan professor – o’qituvchilar, aspirant va ilmiy hodimlar soni ikki barobar oshdi.

Keyingi yillarda jamoat tashkilotlari bilan o’rnatilayotgan aloqalar yanada rivojlanmoqda, jumladan dunyoning turli davlatlarida o’tkazilayotgan xalqaro ilmiy ko’rgazmalarida ishtirok etmoqda. Zamonaviy information texnologiyalar hamda internet tarmog’i yordamida institutning targ’ibot va tashviqot faoliyati kengayib bormoqda.

Yaqin kelajakdagi istiqbolli rejalarning asosini dunyoning yetakchi universitetlari bilan o’rnatilayotgan hamkorliklarni yanada rivojlantirish, xorijiy fuqarolarni bakalavriat, magistratura, doktorantura yo’nalishlari bo’yicha o’qitishning qo’shma dasturlarini olib borish, xorijiy kompaniya va firmalari bilan birgalikda eng yangi texnologiyalarni qo’llab, ilmiy va o’quv dasturlari tuzishga qo’shma faoliyat ko’rsatishni kengaytirish kabi vazifalar tashkil etadi.

Hozirgi kunda quyidagi oliy o’quv yurtlari bilan shartnoma va memorandumlar bor:

AQSH

  • Indiana universiteti (AQSH)

BUYUK BRITANIYA

  • London Metropoliten universiteti (Buyuk Britaniya)

FRANSIYA

  • Alyans Franses (Fransiya)
  • Arla tarjimonlik maktabi (Fransiya)

ITALIYA

  • Perujiya universiteti (Italiya)
  • Siena universiteti (Italiya)

OLMONIYA

  • Gyote universiteti (Olmoniya)
  • Tyunbengen universiteti (Olvoniya)
  • Reygensburg universiteti (Olmoniya)
  • Humbolt universiteti (Olmoniya)

MISR

  • Al – Mansura universiteti (Misr)

YAPONIYA

  • Kokushikan universiteti (Yaponiya)
  • Senshyu universiteti (Yaponiya)
  • Chet tillar universiteti (Yaponiya)

JANUBIY KOREYA

  • Chonnam universiteti (Koreya)
  • Chungju universiteti (Koreya)
  • Xandong universiteti (Koreya)
  • Xoseo universiteti (Koreya)
  • Pusan universiteti (Koreya)
  • Ulsan politexnik universiteti (Koreya)
  • Osiyo taraqqiyoti va madaniyati instituti (Koreya)

FINLANDIYA

  • Oulu universiteti (Finlandiya)

ROSSIYA

  • Qozon davlat universiteti (Rossiya)

SHVETSIYA

  • Dalarna universiteti (Shvetsiya)

Bundan tashqari, institut notijorat tashkilotlar va assotsiasiyalar bilan hamkorlik qiladi hamda Britaniya Kengashi, Olmoniyaning akademik almashinuv xizmati (DAAD), (VIA), Tempus – Evropaxaus (TEMPUS), JICA, KOICA, JSV, CAFEning informatsion komputer markazlarida jadal rivojlanayotgan biznes dasturlari kabi tashkilotlar faoliyatida faol ishtirok etadi.

Institutga tashrif buyurgan mehmonlar

  • Stefania Jannini – Rektor, Perujiya shahridagi chet elliklar uchun universisteti;
  • Roni Somek – shoir, Isroilning yetuk yozuvchisi;
  • Lord R.Salsberi – Buyuk Britaniya Konservativ palatasi lideri;
  • Nishumura – Professor, Tsukuba universiteti;
  • N.Kusumoto – Yaponiya favqulotda va muxtor elchisi;
  • Faruk Uysal – TICA tashkilotining boshlig’i;
  • Mun Xa Yong – Koreya Respublikasi favqulotda va muxtor elchisi;
  • Dr. Jamil Fa’id – Misr Arab Respublikasi favqulotda va muxtor elchisi;
  • Dr.Magdi Muhammad Mursiy – Madaniyat ishlari bo’yicha elchi o’rinbosari, Toshkent shahar Misr Arab Respublikasi Madaniyat Markazi raisi;
  • Dr.Kristian Bode – DAAD tashkiloti bosh kotibi;
  • Kim Xyo Yong – Pusan universitetidagi lingvistik bo’limi direktori;
  • Jovodi Aliakbar-Eron elchixonasidagi Tashqi Aloqalar vazirligi vakili.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Copyright © 2006  SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI

Web-master Burnashev R.F. & Vohidov O.O.