|
Tahrir-nashriyot
bo’limi ilmiy har kalendar yilga mo’ljallangan
ilmiy va o’quv adabiyotlari nashri rejasi
asosida tuzilgan joriy yil uchun o’z ish
rejasiga ega. Bo’limda bajarilayotgan ishlar
xajmi va sifati yildan yilga yaxshilanib,
tegishli mutaxassislar tomonidan yuqori
baholanib kelmoqda. Masalan, rejada belgilangan
ishlarning umumiy hajmi 2003 yildagi 158,5
bosma taboqqa nisbatan, 2004 yilda 214 bosma
taboqni tashkil etgan bo’lsa, 2006 yilda
300 bosma taboqdan ortdi..
Bundan
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Institut
Ilmiy Kengashi tomonidan nashrga tavsiya etilgan ishlar
soni 17 tani (88,5 b.t.) tashkil qiladi. Qolgan 39 nomdagi
ishni (125,5 b.t.) joriy yilda institut rektorati va
o’quv bo’limi tomonidan talabalarni darslik va o’quv
qo’llanmalar bilan ta’minlash darajasini yaxshilash,
respublika va xalqaro miqyosda o’tkazilayotgan ilmiy
anjumanlar materiallarini yuksak sifat maqsadida nashrga
tayyorlash mo’ljallangan.. Tayyorlanayotgan o’quv qo’llanmalar,
ma’ruza matnlari kelasi yil nashr ishlari rejasiga kiritilishi
uchun amaldagi qoidalarga mos ravishda rasmiylashtirilishi
lozim.
Misol
tariqasida Vazirlik tasdiqlagan rejada belgilangan 16
nomdagi (80,5 b.t.) ish tahrir-nashriyot tomonidan tahrir
qilinib bosmaxonaga topshirildi. Bular jumlasiga, prof.N.Q.Turniyazovning
«Matn lingvistikasi», A.M.Bushuyning «Suùnost
yazûka kak problema obùyey lingvistiki», , dos.
M.D.Sulaymonov muallifligi va mas’ul muharrirligidagi
ingliz tili masalalariga bag’ishlangan uchta o’quv qo’llanma,
prof. I.Suvonqulov ma’naviyat va dos. Otavaliyeva va
M.Maxmudovaning pedagogika fanidan o’quv qo’llanmalari
kiradi.
Bu
umumiy ko’rsatgichdan, vaqtli matbuot nashri xisoblangan,
«Xorijiy filologiya: til, adabiyot, ta’lim»
jurnalining hajmi mustasno.
Hozirda
mazkur jurnalning alohida tahririyati mavjud bo’lmasdan,
shu paytga qadar bo’lim xodimlari kuchi bilan, jamoatchilik
asosida o’n to’qqizta son o’z vaqtida chop etildi.
Shuningdek,
bo’limda yil davomida muntazam amalga oshiriladigan
tadbirlar ro’yxati ham ishlab chiqilgan
Tahrir-nashriyot
bo’limida bevosita institut ixtisosliklari bo’yicha
o’quv adabiyotlari nashrga tayyorlanadi. Shuningdek,
alohida xolatlarda umumiy fanlar sifatida o’quv jarayoniga
daxldor ma’naviyat, o’lkashunoslik, ekologiya kabi qo’shimcha
sohalarga tegishli nashrlar chop etiladi. Bu ishlar
ham barcha nashr ishlari kabi institut ilmiy Kengashi
qarori va O’quv-uslubiy kengashi tavsiyasi bilan nashrga
tavsiya etiladi.
Nashr
rejasiga kiritilgan ishlarning barchasi bo’limda belgilangan
tartibda va muddatda o’qilib, texnik jixatdan nashrga
o’z vaqtida tavsiya etib kelinmoqda. Shuningdek, bo’lim
institut bosmaxonasi bilan hamkorlikda SamDChTI grifi
bilan chop etiladigan ijtimoiy-ma’rifiy tadbirlarning
taklifnomalari, dasturlari, ko’plab o’tkaziladigan ilmiy,
ilmiy-amaliy anjumanlar dasturlarini ham tahrirdan o’tkazish
va yuqori saviyada chop etish vazifasini bajarib kelmoqda.
Bo’limda
nashrga tavsiya etilgan ishlarning belgilangan tartibda
ro’yxatga olinishi, jurnalga berilgan maqolalarning
qayd etilishi uchun maxsus daftarlar yuritilmoqda.
|