Tarkibiy bo'linmalar

  Talabalar hayoti

 

 

 

 

Bosh sahifa
Yangiliklar
Institut tarixi
Institut tuzilmasi
Rektorat
Fakultetlar
Bo'limlar
Markazlar
Axborot resurslari
Abituriyent - 2010
Talabalar hayoti
Bitiruvchilar
Ilmiy anjumanlar
2010 yil - "Barkamol avlod" yili
Muntazam Akademik seminarlar
International students guide

 

 

 

 

Iqtidorli talabalar

 

Iqtidorli talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarda ishtiroki

O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 1998 yil 10 iyuldagi «Iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va ularni maqsadli tayyorlash to’g’risida»gi 185 –sonli buyrug’iga asosan SamDChTIda tahsil olayotgan talabalar orasidan iqtidorli bo’lgan yoshlar aniqlab olindi va har bir fakultetda tashkil etilgan «Talabalar ilmiy jamiyati» kengashining Nizomi va ish rejasi hamda 2008 yil 29 fevraldagi “Yoshlar yili” davlat dasturi asosida ish olib borildi. Institutda iqtidorli talabalar bilan ishlash jarayoni 2009 yil ish rejasi, Nizomi va buyruqlar asosida olib borildi.

Iqtidorli talabalar bilan ishlash uchun ilm-fan namoyandalari, ishlab chiqarish rahbarlari, professor-o’qituvchilar jalb etildi.

Institutda iqtidorli talabalar bilan ishlashda Talabalar ilmiy jamiyati kengashi (TIJ) tuzilgan, uning Nizomi va ish rejasi ishlab chiqilgan bo’lib, yilning har 3 oyida iqtidorli talabalarning intellektual salohiyati aniqlanadi. Talabalarni qobiliyati faolligiga qarab maqsadli guruhlarga bo’lish TIJ, dekanatlar va o’quv bo’limi tomonidan bajariladi. Ilmiy anjumanlarda har yili talabalarimizdan 300 dan ziyod, Respublika olimpiadalarida 50 dan ortiq, ilmiy-tadqiqot ishlarida esa 200 dan ziyod talabalarimiz ishtirok etishmoqda.

Hisobot yili rejasi iqtidorli talabalar bilan ishlash, ilmiy ishlar va izlanishlar olib borish, ularni moddiy va ma’naviy rag’batlantirish kabilarni o’z ichiga mujassamlashtirgan edi. Rejaga ko’ra, bitiruvchi talabalar magistraturaga jalb etildi, ularning ixtisosligi bo’yicha qo’shimcha adabiyotlar va Internetdan foydalanish shart-sharoitlari yanada kengroq tashkil qilindi.

Institutda talabalar ilmiy to’garaklari faoliyatini tashkil etish O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining «O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining iqtidorli talabalar bilan ishlashni takomillashtirish haqida»gi 2002 yil 30 sentyabrdagi 279-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan Nizomi va 2009 yil 31 avgustda institut Ilmiy Kengashinng 1-raqamli majlisida tasdiqlangan yillik ish reja asosida tashkil etildi va olib borildi.

Iqtidorli talabalarni ilmiy to’garaklarga jalb etish, ularni chuqurlashtirilgan dastur asosida o’qitish kabi vazifalar dekanat va kafedralar zimmasiga yuklatildi. O’qitish jarayonida talabalarning intellektual salohiyatini oshirish maqsadida zamonaviy texnologiyalar va mustaqil ishlash texnologiyalari qo’llanildi.

Institutimizda 19 ta kafedra mavjud bo’lib, har bir kafedra qoshida tashkil etilgan talabalar ilmiy to’garaklari faoliyat ko’rsatmoqda. Shulardan Sharq tillari kafedrasi qoshida «Sharq tillarni o’rganamiz» yapon, turk, koreys, fors, arab tillari bo’yicha to’garaklarda 50 ta iqtidorli talaba, ingliz tili fonetikasi kafedrasi qoshidagi «Ingliz tili talaffuzining zargari» va «So’zlashuv» to’garagida 20 ta iqtidorli talaba, ingliz tili tarixi va grammatikasi kafedrasi qoshidagi «Tilchi» to’garagida 17 nafar iqtidorli talaba, jahon adabiyoti tarixi kafedrasi qoshidagi «Parnas», «NIKA», «Badiyat va tarjima» to’garagida 50dan ziyod iqtidorli talaba, ingliz tili o’qitish metodikasi va amaliyoti kafedrasi qoshidagi «Communicative English» to’garagida 20 nafar iqtidorli talaba, ingliz tili leksikasi va stilistikasi kafedrasi qoshidagi «Leksikologiya», «Stilistika» to’garaklarida 18 ta iqtidorli talaba, fakultetlararo chet tillar kafedrasi qoshidagi «Let’s speak English», «Wir lernen Deutch», « Parlons francais!», “Nosotros los jovenes” to’garaklarida 44 nafar iqtidorli talaba, nemis tili fonetikasi va grammatikasi kafedrasi qoshidagi «Lingvist» to’garagida 8 ta iqtidorli talaba, nemis filologiyasi kafedrasi qoshidagi «Germanist» to’garagida 20 ta iqtidorli talaba, fransuz tili amaliyoti va nazariyasi kafedrasi qoshidagi “Il bel Paese”, “Yosh fransuzlar” to’garaglarida 28 ta iqtidorli talaba, fransuz filologiyasi kafedrasi qoshidagi «Yosh Romanistlar» to’garagida 15 ta iqtidorli talaba, pedagogika-psixologiya va maktabgacha ta’lim kafedrasi qoshidagi «Yosh pedagog-psixolog» to’garagida 5 ta iqtidorli talaba, koreys va ingliz tillar kafedrasi qoshidagi axborot texnologiyalari bo’yicha “O’zbekistonda koreys tili va koreyashunoslikning lingvistik muammolari”, “We learn English”, 18 nafar iqtidorli talaba, falsafa kafedrasi qoshidagi « Falsafiy munozara», “Notiqlar” to’garaklarida 45 dan ziyod iqtidorli talaba, ma’naviyat va tarix kafedrasi qoshidagi «Tafakkur» to’garagida 15 ta iqtidorli talaba, informatika va axborot texnologiyalari kafedrasi qoshidagi «Innovasiya» to’garagida 27 nafar iqtidorli talaba, umumiy va amaliy tilshunoslik kafedrasi qoshidagi «Yosh lingvist» to’garagida 7 nafar iqtidorli talaba, Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasida “Yosh tarjimon” to’garagida 55 nafar iqtidorli talabalar faol qatnashib kelmoqdalar.

2009-2010 o’quv yilidan boshlab to’garak rahbarligiga asosan Fan doktorlari, professorlar, fan nomzodlari, dosentlar va salohiyatli professor-o’qituvchilarni tayinlash bo’yicha chora tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Iqtidorli talabalarni ilmiy to’garaklarga jalb etish, ularni chuqurlashtirilgan dastur asosida o’qitish kabi vazifalar dekanat va kafedralar zimmasiga yuklatildi. O’qitish jarayonida talabalarning intellektual salohiyatini oshirish maqsadida zamonaviy texnologiyalar va mustaqil ishlash texnologiyalari qo’llanildi.

2009 yil 27-28 mart kuni talabalarning navbatdagi XV ilmiy-amaliy anjumani bo’lib o’tdi. Anjumanga institutning barcha talabalari ishtirokchi va tinglovchi sifatida jalb etildi. Anjuman 27-28 mart kunlari bo’lib o’tdi. Anjuman jami 19 sho’bada o’tkazildi. Unda 378 nafardan ziyod talabalar turli xil dolzarb mavzulardagi ma’ruzalari bilan qatnashishdi.

2009 yil 10 aprel kuni SamDChTIda magistrantlarning an’anaviy VII ilmiy konferensiyasi o’tkazildi. Konferensiyada 8 ta sho’ba bo’yicha ish olib borildi. Unda 57 nafar magistrant turli xil dolzarb mavzulardagi ma’ruzalari bilan qatnashdi.

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida ko’rsatilgan vazifalarni samarali ravishda amalga oshirish, talabalarning o’z bilimlarini, iqtidorlarini namoyon etish va rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratish, an’anaviy Respublika talabalar fan olimpiadasini o’tkazishni takomillashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2007 yil 12 apreldagi ą 74 sonli «Respublika talabalar fan olimpiadasini 2007 yilda tashkil qilish va o’tkazish haqida»gi buyrug’iga asosan olimpiadani yuqori saviyada tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tashkiliy qo’mita tuzildi hamda 2009 yil 17-19 aprel kunlari Respublika talabalar fan olimpiadasining I bosqichi institutda o’tkazildi.

Institut talabalari Respublika talabalar fan olimpiadasining I bosqichida 9 ta yo’nalish bo’yicha 100 nafar talaba, 25 nafar professor -o’qituvchilar ishtirok etdi.

Olimpiada natijalariga ko’ra quyidagi talabalar g’olib deb topildi va olimpiada II-bosqichida ishtirok etish uchun yo’llanma berildi va tegishli OTMlarga yuborildi.

Milliy g’oya fanidan ingliz filologiyasi fakulteti 4 kurs talabasi N.Saliyev ilmiy rahbari fal.f.n. D.Amriddinova boshchiligida 11-12 may kunlari O’zbekiston Milliy Universitetida bo’lib o’tgan olimpiadada ishtirok etib, 4 o’rinni egalladi.

Chet (ingliz) tili fanidan roman-german filologiyasi fakulteti 3 kurs talabasi Yunusov I. ilmiy rahbari o’qit. M.G.Markaryan boshchiligida 15-16 may kunlari Andijon Davlat Tillar Pedagogika Institutida bo’lib o’tgan olimpiadada ishtirok etib, 10 o’rinni egalladi.

Chet (fransuz) tili fanidan ingliz filologiyasi fakulteti 4 kurs talabasi Solovyova A. ilmiy rahbari o’qit. M.Isakova boshchiligida 13-14 may kunlari Buxoro Davlat Universitetida bo’lib o’tgan olimpiadada ishtirok etib, 5 o’rinni egalladi.

Chet (nemis) tili fanidan ingliz filologiyasi fakulteti 4 kurs talabasi Xegay Yu. ilmiy rahbari o’qit. A.Jabborov boshchiligida 11-12 may kunlari Jizzax Davlat Pedagogika Institutida bo’lib o’tgan olimpiadada ishtirok etib, faxrli 2 o’rinni egalladi.

Nemis tili va adabiyoti fanidan roman-german filologiyasi fakulteti 4 kurs talabasi Jaxongirov U. ilmiy rahbari dos. B.Primov boshchiligida 15-16 may kunlari O’zbekiston Davlat Jaxon Tillari Universitetida bo’lib o’tgan olimpiadada ishtirok etib, faxrli 3 o’rinni egalladi.

Ingliz tili va adabiyoti fanidan ingliz filologiyasi fakulteti 3 kurs talabasi Xotami O. ilmiy rahbari o’qit.Q.Hakimov boshchiligida 15-16 may kunlari O’zbekiston Davlat Jaxon Tillari Universitetida bo’lib o’tgan olimpiadada ishtirok etib, 8 o’rinni egalladi.

Fransuz tili va adabiyoti fanidan roman-german filologiyasi fakulteti 2 kurs talabasi Avakimyan A. ilmiy rahbari o’qit.Kisilev D.A. boshchiligida 15-16 may kunlari O’zbekiston Davlat Jaxon Tillari Universitetida bo’lib o’tgan olimpiadada ishtirok etib, faxrli 2 o’rinni egalladi.

O’zbek tili va adabiyoti fanidan ingliz filologiyasi fakulteti 3 kurs talabasi Xegay E. ilmiy rahbari dos.Begaliyev N boshchiligida 15-16 may kunlari Namangan Davlat Universitetida bo’lib o’tgan olimpiadada ishtirok etib, faxrli 2 o’rinni egalladi.

Rus tili va adabiyoti fanidan ingliz filologiyasi fakulteti 1 kurs talabasi Nabiyeva Z. ilmiy rahbari o’qit.Xudoyberdiyeva D. boshchiligida 15-16 may kunlari Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Institutida bo’lib o’tgan olimpiadada ishtirok etib, 6 o’rinni egalladi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2009 yil 14 apreldagi 107-sonli «Oliy ta’lim muassasalarida 2009 yil talabalar Respublika Fan olimpiadasini tashkil qilish va o’tkazish haqida»gi buyrug’iga binoan rus tili va adabiyoti mutaxassislik Fani bo’yicha Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalarining olimpiadasi 2009 yil 15-16 may kunlari institutda bo’lib o’tdi.

Talabalarning Respublika Fan olimpiadasini o’tkazish uchun institut rektori Sh.Safarovning 92-raqamli «Rus tili va adabiyotidan Respublika Fan olimpiadasini II bosqichini o’tkazish» to’g’risidagi buyrug’iga asosan Tashkiliy qo’mita ish olib bordi.

Rus tili va adabiyoti mutaxassislik Fani bo’yicha Respublika talabalar Fan olimpiadasining Hakamlar hay’ati, Mandat hamda Adolat komissiyalari tuzildi va ular tarkibiga viloyat oliy ta’lim muassasalari vakillari kiritildi.

Talabalarning Respublika Fan olimpiadasini tashkil qilish va o’tkazish dasturi ishlab chiqildi.

Olimpiadaga bog’liq sarf-xarajatlar smetasi tuzildi. Olimpiada g’oliblarini taqdirlash uchun institut tomonidan sovrinlar tayyorlandi. Barcha oliy ta’lim muassasalariga talabalar Fan olimpiadasi haqida axborot xati elektron pochtalar va faks orqali yuborildi.

Dastur bo’yicha olimpiada 2009 yil 15-16 may kunlariga belgilandi.

2009 yil 13-14 may kunlari ertalabdan boshlab olimpiada ishtirokchilari va ularning rahbarlarini kutib olish, ularni yotoqxonaga joylashtirish ishlari olib borildi. 15 may kuni soat 8:30da institut Ilmiy kengashi xonasida olimpiada tashkiliy qo’mitasining olimpiada qatnashchilari rahbarlari bilan yig’ilish o’tkazildi. Nizom talablaridan kelib chiqib Hakamlar Hay’ati tarkibi, Mandat komissiyasi tarkibi va Adolat komissiyasi tarkibini tuzildi. Barcha olimpiada qatnashchilari dastur bilan tanishtirildi.. Olimpiada Respublikamizning hududida joylashgan 15 ta oliy ta’lim muassasasidan, ya’ni NavDPI, Qo’qPI, O’zMU, O’zDJTU, NukPI, NamDU, TDPU, Qoraqalpoq DU, Termiz DU, Jizzax DPI, BuxDU, GulDU, SamDU, UrDU, AndDPTI lardan kelgan 15 ta talaba va 15 nafar mutaxassis o’qituvchi rahbarlar ishtirok etdilar.

2009 yil 15 may soat 9:00 da Institut Ilmiy kengash xonasida olimpiadaning tantanali ochilish marosimi bo’ldi. Soat 10:00 da olimpiada sinovlari boshlanib, 17:00 ga qadar davom etdi.

Rus tili va adabiyoti mutaxassislik Fani bo’yicha mutaxassislardan quyidagilar olimpiada jarayonini muvoffaqiyatli o’tkazishda boshidan oxirigacha o’zlari tuzgan topshiriqlar bilan yaqindan yordam berishdi:

        1. Abdullayeva A.S.                     - SamDU dosenti.

        2. Mattenova Yu.U                       - O’zDJTU dosenti.

        3. Dmitriusenko N. Ye.           - ToshDPI katta o’qituvchisi.

Dastur bo’yicha olimpiada sinovlari quyidagi turlar bo’yicha o’tkazilishi rejalashtirildi:

1. Atributsiya xudojestvennogo teksta (liricheskogo, epicheskogo, kriticheskogo).

2. Analiz xudojestvennogo teksta (liricheskogo, epicheskogo).

3. Operirovaniye punktuasionnűmi znakami na urovne odnogo predlojeniya s privedeniyem pravil postanovki nujnűx znakov.

4. Pismennűye isklyucheniya yazűkovoy yedinisű iz predlojennoy gruppű, obosnovannoye ukazaniye «lishnego» elementa (20 gruppirovok po 5 sostavlyayuůix).

5. Kompyuternoye testirovaniye na vladenii lingvisticheskimi i literaturavedcheskimi terminami na znaniye literaturnűx faktov (30 voprosov – po russkomu yazűku, 20 voprosov – po literature).

Har bir topshiriq uchun maksimal ball 100 balldan belgilab olindi va javoblarini, baholash g’oliblarini aniqlash uchun Hakamlar hay’ati tomonidan mezonlar ishlab chiqildi.

Olimpiada natijasiga ko’ra:

I – o’rinni Zagorodnyaya Yekaterina Mixaylovna          -O’zDJTU.

II – o’rinni Jumayeva Aynur Ibodullayevna       -NavDPI.

III – o’rinni Boltabayeva Aziza Mannabovna              -O’zMU.

16 may soat 16:00da institut Ilmiy kengash xonasida g’oliblarni taqdirlash va olimpiadaning tantanali yopilishi bo’lib o’tdi.

Olimpiada g’oliblari va qatnashchilari institut olimpiada tashkiliy qo’mitasi tomonidan sovg’alar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Institutda olimpiadani o’tkazishda ilmiy ishlar bo’yicha prorektor dos.G’.X.Raximov, umumiy va amaliy tilshunoslik kafedrasi professor-o’qituvchilari prof. Turniyozov N.Q., dos.Larseva V, kat.o’qit. Semenova M.A., o’qit. Xoshimova O. faollik ko’rsatdilar.

Barcha fakultetlardagi iqtidorli talabalar guruhi tarkibidan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish ko’nikmasiga ega bo’lgan iqtidorli talabalarni tanlab olib, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomdor Davlat stipendiyalari uchun o’tkaziladigan tanlovlarda, xalqaro tanlovlarda, konkurslarda, olimpiadalarda, ilmiy va metodologik seminarlarda ishtirok etishlarini ta’minlash maqsadida har bir kafedrada yig’ilish o’tkazilib, kelajak rejalar tuzdirilib, konkret vazifalar va tadbirlar belgilandi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq 2008-2009 o’quv yili uchun bakalavriat yo’nalishlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Davlat stipendiyalariga o’tkaziladigan tanlovning birinchi bosqichi institutimizda 2009 yil iyun oyida o’tkazildi.

Tanlovning I - bosqichini institutda uyushqoqlik va yuqori saviyada o’tkazish maqsadida institut rektori rahbarligida prorektorlar, fakultet dekanlari, professor-o’qituvchilardan iborat komissiya tuzildi. Fakultet dekanlari bildirishnomalariga asosan 10 nafar talaba tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlarini topshirdilar.

Tanlovda ishtirok etgan nomzodlar Tarix, Chet tili, Informasion texnologiyalar fanlaridan maxsus sinovdan o’tkazildi.

Institut ilmiy kengashining 2009 yil 1 iyuldagi 11 - sonli yig’ilishida yopiq ovoz berish natijalariga ko’ra ingliz filologiyasi fakulteti 4 kurs talabasi Raximov Abror Axmadovichni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiantligiga, ingliz filologiyasi fakulteti 4 kurs talabasi Abdujabborova Lola Olimovnani va 2 kurs talabasi Matyazova Gulnora Alisher Navoiy nomidagi Davlat stipendiantligiga nomzod sifatida tavsiya etildi.

 

                            

Raximov Abror                                         Abdujabborova Lola     

 

O’tkazilgan sinov natijalari va institut ilmiy kengashining 2009 yil 1 iyuldagi 11-sonli yig’ilishi qaroriga muvofiq yuqorida nomlari ko’rsatib o’tilgan nomzodlar II bosqichga tavsiya qilindi.

2009 yil mobaynida talablarimizdan ingliz filologiyasi fakulteti 4 kurs talabasi Raximov Abror Axmadovich O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirliginig 22 oktyabrdagi hamda SamDChTI rektorining 9 dekabrdagi 187-F sonli buyrug’lariga binoan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat nomidagi Davlat stipendianti, ingliz filologiyasi 4 kurs talabasi Abdujabborova Lola Olimovna esa O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirliginig 4 noyabrdagi 387-sonli hamda SamDChTI rektorining 21 noyabrdagi 173-F sonli buyrug’iga binoan Alisher Navoiy nomidagi Davlat stipendianti bo’lishdi.

2009 yil 21 fevral kuni institutga Germaniyaning O’zbekistondagi DAAD tashkilotining Germaniyadagi bosh idorasi “O’rta Osiyo va Kavkazorti shaharlari” ishlari bo’yicha bo’lim boshlig’i Benedikt Brish va Manya Xussnerlar institutga tashrif buyurdi. Institut roman-german filologiyasi fakulteti nemis tili bo’limi talabalari bilan davra suhbati tashkil etildi.

Institut bilan xorijiy davlat oliy ta’lim muassasalari bilan imzolangan shartnoma asosida talabalar almashinuvi yo’lga qo’yilgan bo’lib talabalarimizdan ingliz filologiyasi fakulteti 3-4 kurs talabalari Qodirov Umid, Yusupov Lazizlar Misr Arab Respublikasining Kohira, roman-german filologiyasi fakulteti nemis tili bo’limi talabalari Xurramova Feruza, Jaxongirov Ulug’beklar Germaniyaning DAAD tashkiloti tomonidan e’lon qilingan tanlovlarida faol ishtirok etishib Germaniyaning Leypsig va Gannover Universitetlarida tahsil oldilar.

 

 

 

 

 

 

Copyright © 2006  SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI