Tarkibiy bo'linmalar

  Talabalar hayoti

 

 

 

 

Bosh sahifa
Yangiliklar
Institut tarixi
Institut tuzilmasi
Rektorat
Fakultetlar
Bo'limlar
Markazlar
Axborot resurslari
Abituriyent - 2010
Talabalar hayoti
Bitiruvchilar
Ilmiy anjumanlar
2010 yil - "Barkamol avlod" yili
Muntazam Akademik seminarlar
International students guide

 

 

 

 

Nika talabalar teatr studiyasi

Yoshlarga ta’lim tarbiya berish – bugungi kunning muhim hamda dolzarb masalasidir. Talabalar bo’sh vaqtlarini ma’naviy jihatdan to’g’ri tashkil etish ham katta ahamiyatga egadir.  Yoshlarni ushbu jarayonga ularning ijodiy iste’dodlarini namoyon qilib, yangi shakl va mazmun hamda yangi imkoniyatlar bilan qiziqtiribgina jalb etish mimkin.

2004 yil 25 may kuni tashkil etilgan “Nika” TTS yoshlar bilan ikki yo’nalishda ish olib boryapti.

Birinchi yo’nalish – teatrlashgan interaktiv tomosha uslubida o’tkaziladigan “Havaskorlar sayyohati” intellectual o’yini: “Tomosha ko’rsatib ma’lumot bermoq, ma’lumot berib – ma’rifatli qilmoq, ma’rifatli qilib o’ylashga undamoq, o’ylab-savol qo’ymoq, savol berib – haqiqitni so’zlamoq”.

“Nika” TTS Bulgakovning ‘Usta va Margarita”, Il’f va Petrovlarning “12 stul”, “Sheksperni sud qilib” mavzularida o’yinlar o’tlazdi.

Tohir Jo’lmatovning “Navqiron bek” romani bo’yicha ham intellectual o’yin o’tkazdi. O’yinning o’ziga xosligi uning teatrlashtirilganligidir. Asar tanlanadi va uning matniga asosan ikki jamoa uchun savollar tuziladi. “Nika” TTS dan 10-12 kishi jamoalar tayyorlangunga qadar o’sha asardan sahifalar namoyish etishadi. Ushbu uyg’unlik (teatr + savollar va javoblar) haqiqiy ma’noda aqliy shouni yuzaga keltiradi. Bunday inter-aktiv shakl ko’p sonli yoshlar ishtirokini ta’minlaydi. 25 ishtirikchi va 200 nafar faol tomoshabin.

Vaqt o’tishi bilan “Havaskorlar sayohati” intelektual o’yini Respublika oliygohlari jamoalarining Internet- klubini yaratilishiga zamin bo’lishi mumkin.

Bu mamlakatimiz tarixini o’rganish, o’zbek olimlari asarlari bilan tanishish borasida juda muhimdir.

Nika TTS ning ikkinchi yo’nalishi mumtoz adabiyot namunalarini zamonaviylashtirish hamda zamonaviy adaboyotni yangi talqin qilishdan iborat. Masalan, ingliz tilida B.Shouning asari asosida “Pigmashon-shou”, U.Sheksper qalamiga mansub “Qaysar qizning tiyilishi” asarlari sahnalashtirildi. Shuningdek, rus tilida B.Akushinning “Muammo 2000”, Yu. Polyakovning “Sutdagi uloqcha” asarlari ham yangicha talqinda qo’yildi. G’.G’ulomning “Shumbola” qissasi asosida spektakl tayyorlanmoqda va ertaklar guldastasi loyihasi ustida ish olib borilmoqda (bunda SamDChTI ning barcha til markazlari ishtirok etishadi).

Akademik D.S.Lixachiyovning 100 yilligiga bag’ishlangan «Ìèð äóõîâíîé ÷åëîâå÷åñòâà: ÿçûê, ëèòåðàòóðà, èññêóñòâî» xalqaro ilmiy anjumani ishtirokchilari e’tiboriga L. Filatovning “Fedot o’qchi haqida ertak” asari havola etildi. (Fedot o’qchi haqida ertak tomoshasi 2006 yil).

Bo’sh vaqtni mazmunli o’tkazish nafaqat shaxsni to’g’ri shakllantirishga yordam beradi, balki tili o’rganilayotgan mamlakat madaniyatini chuqur o’rganish imkoniyatini oshirib, professional ko’nikmalar hosil qiladi.

 

“Nika” talabalar teatr studiyasi o’zbek tilida (rahbar o’qituvchi N.N.Raxmatullayev).

O’zbek tilidagi Nika TTS talaba yoshlarning bo’sh vaqtlarini ma’naviy-ma’rifiy jihatdan mazmunli o’tkazish borasida bir qator ishlarni amalgam oshirib kelmoqda.

2005 yilning noyabr oyida tashkil etilgan o’zbek tilidagi “Nika” studiyasi 2005 yil dekabr oyida Talabalar turar joyida H. Olimjon nomli teatr aktiyorlari bilan “zamonaviy san’at” mavzusida qiziqarli suhbat va institute faollar zalida “Yangi yil” teatrlashtirilgan musiqali shou o’tkazishdi.

2006 yil yanvar oyida esa 4 marotaba Nika TTS ishtirokida “Zakovat” intelektual o’yini o’tkazildi.

2006 yil 31 yanvarda Talabalar turar joyida “A.Navoiy va zamonamiz” mavzusida SamDU o’qituvchilari ishtirokida suhbat uyushtirildi.

2006 yil 7 fevral kuni esa A.Navoiy yubilei munosabati bilan teatrlashtirilgan musiqali adabiy kevha tashkil etildi.

8 mart xotin-qizlar bayramida “Nika” TTS qiziqarli hajviyalar namoyish etdi.

Har haftaning payshanba kuni “Nika” TTS tarkibidagi “Zakovat” klubi o’z o’yinlarini o’tkazib kelmoqda.

Hozirda “Nika” TTS Samarqand shahrining 2750 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko’rmoqda.

 

 

 

 

 

 

Copyright © 2006  SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI

Web-master Burnashev R.F. & Vohidov O.O.