|
Talabalar
turar joyidagi ma'naviy-ma'rifiy ishlar to'g'risida

***
2007
yil 6 mart kuni “Kamolot” YoIH institut BT tashabbusi
bilan talabalar turar joyida yashovchi yigit-qizlar
uchun “Muqaddassan ayol” bayram-shousini tashkil etishdi.
***

O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti I.Karimovning «Yoshlik»
talabalar shaharchasiga tashrif buyurib talabalarning
yashash sharoitlari bilan tanishgach, barcha talabalar
ta’lim muassasalaridagi talabalar turar joylariga e’tibor
kuchaydi. Shu nuqtai nazardan institutimiz talabalar
turar joyidagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini
oshirishga harakat qilmoqdamiz.
Bu
yerda bugungi kunda 320 nafar talaba istiqomat qilmoqda.
Talabalar vazirlikning 2006 yil 17 yanvardagi 11-sonli
buyrug’i bilan tasdiqlangan talabalar turar joyi faoliyatiga
oid Nizom bilan yaqindan tanishtirilgan.
Talabalar
turar joyida “Ma’naviyat va ma’rifat” xonasi mavjud
bo’lib, u milliy istiqlol g’oyasi talablari asosida
jixozlangan. Xonada talabalar turar joyining ma’naviy-ma’rifiy
hayotiga oid barcha hujjatlar jamlangan. Xona talabalar
uchun ma’naviy-ma’rifiy axborot olish maskani hisoblanadi.
Talabalar bu yerdagi televizor, gazetalar orqali kundalik
xayotimizga oid yangiliklardan baxramand bo’lishmoqda.
Ma’naviyat va ma’rifat xonasi uchun obuna qilingan gazetalar
o’z vaqtida yetkazilmoqda.
Talabalar
turar joyida amalga oshiriladigan ma’naviy-marifiy ishlar
asosan «Ma’naviyat va ma’rifat» xonasida
amalga oshirilmoqda. Joriy o’quv yilida 40 dan ortiq
davra suhbatlari, uchrashuvlar o’tkazilgan. Jumladan:
- 2005
yil 28 noyabr kuni «Tibbiyot va ekologiya»
kafedrasi o’qituvchilari Sh.Shirinboyev, A.Qiyomovlar
tomonidan o’tkazilgan «Odob-axloq – milliy
qadriyatimiz» mavzusida bahs-munozarada
XXI asr talabalarining odob-axloq xaqidagi tushunchalari
qizg’in muhokama qilingan.
- 2005
yil 8 sentyabr kuni «Talabalik muborak»
mavzusida o’tkazilgan davra suhbatida 1 kurs talabalariga
ichki tartib qoidalar tushuntirilgan.
- 2005
yil 6 dekabr kuni o’qituvchilar Z.Raupova, A.Bakayev,
M.Bozorov, A.Akobirova, I.Tog’ayev, Sh.Saidov, Sh.Majidov,
S.Doliyevlar ishtirokida Konstitusiyaning 13 yilligi
munosabati bilan «O’zbekiston Respublikasi
Konstitusiyasining davlat va jamiyat ijtimoiy, iqtisodiy
rivojidagi o’rni» mavzusida davra suhbati
o’tkazilgan.
- 2005
yil 25 dekabr kuni O’zbekistonda xizmat qilgan artist
B.Raximov, dosentlar N.Begaliyev, A.Bayzakov, o’qituvchi
N.Raxmatullayevlar ishtirokida tadbir o’tkazilgan.
- 2006
yil 13 yanvar kuni Samarqand harbiy garnizoni vakili
O.Xolboyev ishtirokida umumiy va amaliy tilshunoslik
kafedrasi a’zolari Vatan himoyachilari kuni munosabati
bilan «Vatan himoyasi - muqaddas burch»
mavzusida davra suhbati o’tkazilgan.
- 2006
yil 11 yanvar kuni talabalar turar joyida istiqomat
qilayotgan barcha qizlar institut majlislar zalida
to’plab, qizlar ma’naviyati, reproduktiv salomatlik
va yoshlarni oilaviy xayotga tayyorlash masalalari
xususida qizg’in suxbat tashkil etildi. Tadbirda
shoiralar Gulchehra Abdulvosi qizi, Kubarro Bahromova
hamda viloyat «Oila» ilmiy-amaliy markazi
vakillari ishtirok etishdi. Tadbir talabalarda juda
katta taassurot qoldirdi.
- 2006
yil 31 yanvar kuni Alisher Navoiy tavalludining
565 yilligi munosabati bilan «Alisher Navoiy
– buyuk siymo» mavzusida tadbir o’tkazildi.
Tadbirga navoiyshunos olimlar f.f.n. S.Tohirov va
Sh.Mahmadiyevlar ishtirok etishdi. Tadbir so’ngida
bahs-munozara o’tkazildi.
Shuningdek,
talabalar turar joyida jamoatchilik asosida tarbiyachi-pedagoglar
ham faoliyat yuritmoqda. Tarbiyachi-pedagoglar bu yerdagi
tartib-intizom, tinchlik, ozodalikni ta’minlash bilan
birga, ma’naviy-ma’rifiy soxadagi ishlarni xam nazorat
qilishmoqda.
Talabalar
turar joyida talabalarning o’z-o’zlarini boshqarish
organi - Talabalar kengashi faoliyat ko’rsatmoqda.
Kengashga faol, jamoatchi talabalar a’zo qilib olingan.
Talabalarning ichki tartib-qoidalarga rioya qilishi
Talabalar kengashi tomonidan nazorat qilinadi. Kengash
tomonidan talabalar turar joyi va qavatlar bo’yicha
navbatchiliklar ham tashkil qilingan.
Talabalar
turar joyida talabalarning sport bilan shug’illanishlari
uchun 3 qavatga shaxmat-shashka klubi, 4-qavatga og’ir
atletika to’garagi faoliyat yuritmoqda.
Bu
yerda talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari
uchun kompyuter xonasi tashkil etilgan. Kompyuterlarning
INTERNET tarmog’iga ulanishi tashkil etilmoqda. Shuningdek,
talabalar uchun 2-qavatda yangi o’quv zali tashkil etildi.
Talabalar
turar joyida xavfsizlikni, tinchlikni ta’minlash maqsadida
institut rahbariyati va professor-o’qituvchilardan yillik
navbatchilik tashkil qilingan. Namunali xulqli va jismonan
baquvvat talaba-yoshlardan iborat «Yosh posbonlar»
jamoa tuzilmasi faoliyat yuritmoqda. Xabaringiz bor,
yaqinda Talabalar turar joyida kirish-chiqishni qattiq
nazorat ostiga olish maqsadida kirish yo’lagi aloxida
ajratilib, navbatchi-o’qituvchi, talaba-posbon hamda
vaxtyor uchun sharoit yaratilgan maxsus nazorat xonasi
qurildi. Bu ham bu yerdagi tartib-intizomni saqlashga
qulaylik tug’diradi, albatta.
Shuni
aloxida ta’kidlash kerakki, talabalar turar joyida istiqomat
qilayotgan talabalarning aksariyati qizlardir. Oshxonadagi,
yuvinish xonalaridagi ozodalik talaba-qizlarimizga bog’liqdir.
Institut xotin-qizlar qo’mitasi tomonidan faol ayollardan
xaftalik navbatchilik tashkil etilgan bo’lib, navbatchilik
davomida olima ayollar talaba-qizlar bilan muntazam
suxbatlar, tushuntirish ishlari olib borishmoqda.
Institut
«Axborot guruhi» a’zolarining dolzarb masalalar
yuzasidan talabalar turar joyida xam suxbatlar olib
borishmoqda.


|