Bosh sahifa Institut Markaz va bo'limlar

Magistratura bo‘limi faoliyati


Magistratura bo‘limi boshlig‘i:

Ashur Abdiyevich Yaxshiyev

Telefon: (+99891) 551-65-71

 

 

 

 

Sharipov Berdinazar Zainiyevich

+99891 527-40-68

berdinazar.sh@inbox.uz

 

 

 

Samarqand davlat chet tillar instituti  magistratura bo‘limi  O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risidagi” Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustdagi Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 24 iyuldagi PF–4456-son «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestasiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi oliy tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish,uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015 yil 2 martdagi 36-son qarori bilan tasdiqlangan Magistratura to‘g‘risida nizom”ga muvofiq o‘z faoliyatini olib boradi. Nizomga ko‘ra  magistratura aniq mutaxassislik bo‘yicha fundamental  va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir.

Samarqand davlat chet tillar institutida hozirgi kunda 9 ta mutaxassislik bo‘yicha magistrantlar tahsil olmoqda. Jumladan,

 

Mutaxassislik kodi va nomi

5А111401 – Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)

5A120102 – Lingvistika (ingliz tili)

5A 120102 – Lingvistika (nemis  tili)

5A 120102 – Lingvistika (fransuz tili)

5A 120102 – Lingvistika (koreys tili)

5A 120102 – Lingvistika (xitoy tili)

5A 120102 – Lingvistika (ispan tili)

5A 120102 – Lingvistika (italyan tili)

5A120201 – Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (tillar bo‘yicha)

 

Magistrantlar auditoriya soatlardan tashqari  ikki yil davomida ilmiy-pedagogik ish (stajirovka), ilmiy tadqiqot ishlari va malaka amaliyoti bilan shug‘ullanishadi. Ilmiy faoliyat o‘z ichiga ilmiy tadqiqotlar metodologiyasini o‘zlashtirish, talabalar tomonidan ixtisoslashgan ilmiy va ta’lim muassasalarida muayyan ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik ishlarni bajarish va magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlash nazarda tutiladi.

Ilmiy-tadqiqot ishlari:

Mustaqil tadqiqotchilik faoliyatining amaliy ko‘nikmalarini hosil qilish;
axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalaridan foydalanib ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish, tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish va aks ettirish, ilmiy maqolalar tayyorlashga doir bilimlar va ko‘nikmalarni shakllantirish;

fan, texnika, iqtisodiyot va texnalogiyalarning eng yangi yutuqlariga asoslangan axborot bazalarini qo‘llay bilish, ulardan magistrlik dissertatsiyasini bajarishda foydalanish ko‘nikmasini singdirishga yo‘naltiriladi.

Ilmiy-pedagogik ishlar (Stajirovka):

OTM hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim muassasalarida o‘tkaziladi. Shuningdek, mutaxassisligiga mos o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘tkazilishi mumkin. Ilmiy-pedagogik ish ikki taraflama va boshqa bitimlar asosida xorij mamlakatlar OTMlarida o‘tkazilishi mumkin.

Ilmiy-pedagigik ish:

- maxsus fanlar bo‘yicha mashg‘ulotlarning har xil turlari: ma’ruzalar, amaliy va semenar mashg‘ulotlarini o‘tkazish bo‘yicha stajirovka;

-ma’ruza matnlari va mashg‘ulotlarni o‘tkazish rejalarini tuzish;

-yangi pedagogik axborot texnologiyalarini o‘rganish va qo‘llash;

-talabalar bilimini baholashda reyting-nazorat tizimini qo‘llash;

-talabalar mustaqil ishini tashkiliy va o‘quv metodik ta’minlashni o‘rganish;

-uslubiy ko‘rsatmalarni tuzish;

-tarbiyaviy ishlarni o‘tkazishni nazarda tutadi.

Shu bilan birgalikda zamonaviy pedagogik va axborot texnalogiyalari hamda o‘quv-tarbiya ishlarining interaktiv usullaridan foydalangan holda pedagogik mahorat va ko‘nikmalarini shakllantirgan holda o‘quv jarayonini ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlashni tashkil etish malakasi va ko‘nikmalarini hosil qilishga yo‘naltiriladi.

Malaka amaliyoti

Malaka amaliyoti zarur bo‘lgan nazariy bilim asosida amaliy ko‘nikmalarni egallash maqsadida mutaxassislik sohasiga mos bo‘lgan joylarda o‘tkaziladi va quyidagilarni:

-kadrlar tayyorlash milliy dasturi va kadrlar tayyorlash milliy modeli g‘oyasi va mazmuni asosida amalga oshirishni;

-kasbiy faoliyat bo‘yicha barcha turdagi ko‘nikma va malakalarni o‘rganish, didaktik va amaliyotga bog‘liq sharoitlarda tadbiq qilishni;

-kasbiy faoliyat davomida amalga oshiriladigan jarayonlarda ishtirok etish hamda o‘z ustida ishlashni;

-mutaxassislikka doir barcha vositalar, usullar va zamonaviy texnologiyalarni chuqur o‘rganish va amaliyotda qo‘llay olishni;

-kasbiy faoliyatning ilmiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy, ishlab chiqarish va boshqa sohalarida faol ishtirok etishni nazarda tutadi.


 

chop etish