Bosh sahifa Institut Markaz va bo'limlar

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi


Bo‘lim boshlig‘i: Suyunov Sherzod Boliqulovich

Telefon: (0-866) 233-78-45

Telefon: (+998 93) 221-21-31

Elektron manzili: sh.suyunov89@gmail.com

 

Samarqand davlat chet tillar instituti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi institutning ma’naviy-ma'rifiy sohadagi faolligini oshirish bilan birga institut talabalari ongida ma’naviy o‘zlikni anglash, ularda tariximiz, milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan qarashlarni rivojlantirish, odob-axloq muammolari va ularni oldini olish, o‘zaro hurmat, insoniy xislatlarni singdirish va yana bir qator masalalarni yoritishga, institutda olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlarga rahbarlik qilish, sohaga tegishli me’yoriy hujjatlarda belgilangan ko‘rsatmalarni muvofiqlashtirish, bo‘limlar, jamoat tashkilotlari va kafedralarning ma’naviyat sohasidagi ilg’or tajribalarini ommalashtirish, zarur ilmiy-uslubiy tavsiyanomalar, adabiyotlar tayyorlash va chop ettirish, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga ko‘maklashish bilan birga ularning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirishga qaratilgan turli tadbirlarni amalga oshiradi.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma`naviy-ma`rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi 2017-yil 28-iyuldagi PQ-3160-son Qarori, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazining Nizomlari hamda boshqa bir qator normativ hujjatlar va qonunlarga tayangan holda o‘z faoliyatini olib boradi. 

Bo‘limning maqsadi - talaba-yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularning ma’naviy, estetik, axloqiy dunyoqarashini kengaytirish, tafakkurini turli xil g’ayriinsoniy g’oyalar ta’siridan himoya qilish hamda mustaqil O‘zbekistonning chinakam fidoiysi bo‘lib yetishtirishdan iboratdir.

Bo‘limning vazifalari - mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma’naviy, madaniy ishlarga doir tadbirlarni o‘tkazish;

- talaba-yoshlar orasida axloqiy, estetik, siyosiy, huquqiy, badiiy tarbiyani shakllantirish ishlarini yo‘lga qo‘yish;

- milliy urf-odatlar, qadriyatlar negizida olib borilayotgan anjumanlar, davra suhbatlari, uchrashuvlarni tashkil etish;

- talabalarning ma’naviy va jismoniy kamolotini yuksaltirish maqsadida qilinadigan ishlarni takomillashtirishga ko‘maklashish;

- institutda ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, bu borada zarur me’yoriy hujjatlar va tavsiyanomalarni ishlab chiqish;

- respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining shahar, tuman bo‘limlari hamda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan jamg’armalar, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirishda ishtirok etadi.

BO‘LIMNING TASHKILIY TUZILMASI

Bo‘lim tashkiliy tuzilmasiga bo‘lim boshlig‘i, uslubchi va kotiba-ish yurituvchikiradi.

To‘ychiyev Xo‘jabek — uslubchi

Sultonova Hilola — kotiba-ish yurituvchi

Kotiba-ish yurituvchi lavozim vazifalari:

Yuqori organ va bo‘limlardan keladigan buyruq, farmoyish xatlarni qabul qilib olish, ro‘yxatdan o‘tkazish va qabul qilib o‘z boshlig‘iga etkazish;

Bo‘lim yoki kafedraga tegishli bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirish hamda tegishli bo‘limlarga etkazish;

Bo‘lim yoki kafedraga tegishli bo‘lgan hujjatlarni chop etish, ko‘paytirish va ro‘yxatdan o‘tkazish;

Bo‘limga keluvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish va murojaatnomalarni qabul qilish;

O‘zi ishlayotgan kafedra yoki bo‘limning sanitariya-gigiena holati va tozaligini saqlash

chop etish