Bo‘lim boshlig‘i:
Amriddinov Hayitboy
Bog'lanish uchun: +99890 600-67-76
UMUMIY QOIDALAR
-
Tahrir-nashriyot bo‘limi nashriyotlarsiz ilmiy, ichki nashr adabiyotlari hamda xizmat materiallarini nashrga tayyorlovchi va chop etuvchi institut bo‘limidir.
-
Tahrir-nashriyot bo‘limi institut uchun belgilangan nashr mahsulotining yuqori ilmiy saviyada tayyorlanishi va chop etilishi uchun javob beradi.
-
O‘z faoliyatida tahrir-nashriyot bo‘limi qonunchilik, O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Respublika Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, nashriyotlar, poligrafiya va kitob savdosi bo‘yicha Davlat komiteti, shuningdek, institut rektori buyruqlariga amal qiladi.
TAHRIR-NASHRIYOT BO‘LIMINING ASOSIY VAZIFALARI
-
Tahrir-nashriyot bo‘limi quyidagi ishlarni nashrga tayyorlaydi: ilmiy ishlarning tematik to‘plamlari, konferensiyalar, simpoziumlar materiallari va tezislari, ma’ruzalar matni; darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari faqat tor ixtisosliklar bo‘yicha chop etishi mumkin.
-
Ichki nashr ishlari: uslubiy tavsiyalar, ko‘rsatmalar, ishlanmalar, seminar darslarining rejalari va boshqa adabiyotlarni texnik ko‘rikdan o‘tkazadi.
-
Mualliflar hisobidan buyurtma asosida chop etiladigan ishlarni nashrga tayyorlaydi.
-
Ilmiy va ichki nashr adabiyotlarining nashr rejalari loyihalarini ilmiy bo‘lim tomonidan tuzilishida ko‘maklashadi va ularni tasdiqlash uchun institut rahbariyatiga hamda tegishli yuqori tashkilotlarga, vazirliklar, komitetlarga taqdim etilishida hamkorlik qiladi.
-
Institut rahbariyati va nashr kengashi topshirig‘i bilan qo‘lyozmalarni nashrga tayyorlaydi.
-
Adabiyotlarni tasdiqlangan reja asosida o‘z vaqtida chop etilishini ta’minlovchi tadbirlar ishlab chiqadi.
-
Ishlarga taqriz beradi (zarur hollarda yopiq) va tasdiqlash uchun institut rahbariyatiga havola etadi.
-
Ishlarning normativ hujjatlarga muvofiq rasmiylashtirish hamda sifatli chop etilishini nazorat qiladi.
-
Respublika Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda nashriyotlar, poligrafiya va kitob savdosi bo‘yicha Davlat komitetiga talabga ko‘ra hisobot beradi.
Bo‘lim boshlog‘i:
— bo‘lim faoliyatini boshqaradi, ilmiy va uslubiy adabiyotlarni, axborot va normativ xarakterdagi materiallarni tahrir va nashr etishni tashkillashtiradi, ularning mazmunini hamda ilmiy va texnik jihatdan talabga javob berishini nazorat etadi;
— mavzu yo‘nalishiga muvofiq nashr etiladigan adabiyotlarning yillik rejalari va istiqbol loyihalarini tuzadi. Bo‘lim faoliyatining yillik grafigini ishlab chiqadi va uning bajarilishini ta’minlaydi;
Muharrir (o‘zbek, rus tillari bo‘yicha, ish staji kamida 5 yil):
— ilmiy, uslubiy, axborot va normativ xarakterdagi materiallarni tahrir qiladi, yillik ish rejalari hamda istiqbol loyihalarini tuzishda ishtirok etadi. Qo‘lyozmalar bilan quyidagi tartibda ishlaydi:
— bo‘limga o‘z vaqtida topshirilishini nazorat etadi;
— hujjatlarni to‘g‘ri tuzilganligini tekshiradi;
— mazmunini, texnik jihatlarini nazorat qiladi;
Musahhih:
— muharrir rahbarligi ostida qo‘lyozmalarni texnik tomondan nashrga tayyorlaydi, qayta chop qilishda yo‘l qo‘yilgan xatolarni tuzatadi, matnda suratlar bo‘lsa ularni kerakli sahifalarga joylashtiradi, bo‘limning faoliyati bilan bog‘liq barcha materiallarni chop qiladi.