Bosh sahifa Institut Markaz va bo'limlar

Xorijiy Oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturini muvofiqlashtiruvchi bo‘limi


Samarqand davlar chet tillar instituti

Muzropov Xolmuhammad Fayzulloevich
Xorijiy Oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturini muvofiqlashtiruvchi bo‘limi boshlig'i
Telefon:
+998-366-238-29-52
Elektron pochta: jointed.dep@samdchti.uz;  sifljointedu.dep@gmail.com

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 2018 yil 17 sentyabrdagi 9-son bayonnomasi, 6-bandiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohatlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g’risida” 2018 yil 5-iyundagi PQ-3775-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan  SamDCHTIga 2018/2019 o‘quv yili qabuli uchun xorijiy OTM lari bilan qơshma ta’lim dasturlari asosida bakalavr va magistrlar tayyorlash bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha qabul kvotalari tasdiqlangan bo‘lib,.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 2018 yil 5 oktyabrdagi 11-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan 2-ilovasiga asosan SamDCHTI Rossiyaning Altay davlat universiteti, Belgorod milliy tadqiqot universiteti hamda Janubiy Koreaning  Soonchunhyang universitetlari  bilan qo‘shma ta’lim dasturlari asosida “5120100- Filologiya va tillarni o’qitish (Koreis Ingliz va Rus)” bakalavr hamda “5A120102-Lingvistika (Inliz tili) magistr ta’lim yo‘nalishlari bo’yicha qo’shma ta’lim dasturlarini yo’lga qo’ygan.
O‘quv jarayoni hamkor oliу ta’lim muassasalari bilan kelishilgan  tartibda ikki tomonlama tasdiqlangan integrallashgan o‘quv reja va ishchi ơo‘uv dasturlari asosida tashkil etilgan. Ikki tomonlama diplom berishni nazarda tutgan o‘quv rejaga ko‘ra o‘quv jarayoni 1 va 2 bosqichda SamDCHTIda, 3 va 4 bosqich esa hamkor xorij universitetlarida tashkil etiladi.

FAOLIYATI

Respublika iqtisodiyotining real sektori tarmoqlari uchun muhum ilmiy-texnik vazifalarni hal qilishga qodir bo‘lgan yetuk bakalavr va magistr darajasidagi malakali kadrlarni, ilmiy, ilmiy-pedagogik kadrlarni halqaro ta’lim standartlari darajasida tayyorlash;

-malakali va ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini ilm-fan va ishlab chiqarishning uzviyligi hamda uzluksizligi, shuningdek, jahon ta’lim va ilmiy hamjamiyatiga integrasiyalashish asosida rivojlantirish;
-institut talabalari, magistrantlari, doktorantlari va professor-o‘qituvchilari bilan integrasiyalashgan dasturlar asosida o‘zaro almashuvlarini yo‘lga qo‘yish;
-ta’lim va ilmiy-texnik sohalarda hamkor xorij universitetlarning yetakchi olimlarini, professor-o‘qituvchilarini fakul’tetning ta’lim va ilmiy-tadqiqot jarayonlariga muntazam ravishda jalb etish;
-manfaatli yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy sohada hamkorlik ishlariga ko‘maklashish;
-magistrantlar, doktorantlar va professor-o‘qituvchilarning ilmiy va pedagogik salohiyatini yuksaltirishni hamkor xorij universitetlar bazasida ilmiy stajirovka va malaka oshirish mexanizmlari orqali amalga oshirish;
-oliy ta’limning o‘zaro manfaatdor yo‘nalishlari bo‘yicha akademik mobillikni va parallel ta’lim olishni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish;
-hamkorlikda ilmiy-amaliy simpozium, seminar, konferensiyalarni tashkil etish, ilmiy grant loyihalari va ta’lim dasturlarini tashkil etish;
-institut va hamkor xorij universitetlarning professor-o‘qituvchilarining ilmiy rahbarliklarida magistrlik va doktorlik dissertasiya ishlarini tayyorlash;
-ta’lim va ilmiy-texnik sohalarda xorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari, ishlab chiqarish tarmoqlari hamda biznes-hamjamiyatlari bilan uzoq muddatli aloqalarni o‘rnatish, rivojlantirish va mustahkamlash.

chop etish