Bosh sahifa Institut Markaz va bo'limlar

O‘quv-uslubiy boshqarma


O‘quv-uslubiy boshqarma

O‘quv-uslubiy boshqarmani tashkil etishdan asosiy maqsad Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Hayatining hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining o‘quv-uslubiy jarayoniga tegishli qarorlar, buyruq va ko‘rsatmalarning institut doirasida ijrosini ta’minlash, fakultetlar va kafedralarning o‘quv ishlari bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish, institut miqiyosida o‘quv va uslubiy ishlarni tashkil qilish hamda ta’lim sifatining nazoratini amalga oshirishdir.

O‘quv-uslubiy boshqarmada 8 nafar xodim – o‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i, o‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, o‘quv-uslubiy boshqarma uslubchilari, o‘quv-uslubiy boshqarma nazoratchisi hamda o‘quv-uslubiy boshqarma dispetcherlari faoliyat yuritadi.

O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i: Jo‘raqulov Abror Raufovich

Samarqand davlar chet tillar instituti

O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘iga yuklatilgan asosiy vazifalar:

  • O‘quv masalalari bo‘yicha mas’ul shaxs hisoblanadi va o‘quv-uslubiy boshqarma xodimlarining faoliyatini tashkil qiladi, boshqarma xodimlariga o‘z vazifalarini bajarish bo‘yicha uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatadi;
  • O‘quv-uslubiy boshqarmaning yillik ish rejasini tuzadi;
  • Institut Kengashi ishida ishtirok etadi va ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha fanlarning o‘quv-uslubiy adabiyotlar va mutaxassislar bilan ta’minlanish darajasini taxlil qilish ishlarini tashkil qiladi va bu bo‘yicha takliflar kiritadi;
  • O‘quv ishlariga doir Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyruq va ko‘rsatmalari, institut Kengashi qarorlarini institut miqyosida joriy etish bo‘yicha rektor buyruq va farmoyishlari loyihasini tayyorlaydi;
  • Yangi o‘quv yili o‘quv jarayonini tashkil qilish rejasini tuzadi va uning ijrosi bo‘yicha fakltetlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
  • Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha ishchi o‘quv rejalarini ko‘rib chiqadi va tasdiq uchun tayyorlaydi;
  • Institut bo‘yicha o‘quv yuklamalari hajmi va mavjud shtat birliklari miqdori asosida professor-o‘qituvchilarning lavozimlari bo‘yicha o‘quv yuklamalari me’yorini belgilaydi va tasdiqdan o‘tkazadi;
  • Reyd asosida va reja bo‘yicha o‘tkazilgan tekshirishlar natijalarini tahlil qiladi va ma’lumot tayyorlaydi;
  • YADA sinovlari, bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasi himoyalarini tashkil qiladi va o‘tkazishda ishtirok etadi va institut nazoratini amalga oshiradi;
  • O‘quv jarayonini tashkil etish hamda nazorat ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari va o‘quv-yordamchi xodimlari yig‘ilishlarini o‘tkazib turadi;
  • O‘quv-uslubiy boshqarma faoliyati bo‘yicha yillik hisobotni tayyorlaydi;
  • Institut rektori va o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorining qo‘shimcha ishlarini bajaradi.

O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig'i o'rinbosari: Mamasoliyev Ikrom Ubaydullayevich

•Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari vazifasini bajaradi;

•Bakalavriat o‘quv jarayonini tashkil etish va nazorat qilish bo‘yicha vazirlik qaror, buyruq va ko‘rsatmalarini institut miqyosida joriy etilishi ustidan nazorat o‘rnatadi;  

•Dekanat va kafedralarning o‘quv ishlariga doir me’yoriy va ishchi hujjatlar bilan ta’minlanish holati va ularga amal qilinishi ustidan nazorat o‘rnatadi hamda bu bo‘yicha kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘radi;

•Fanlar bo‘yicha qaydnomalarning markazlashgan holda ro‘yxatdan o‘tkazilishini tashkil qiladi;

•Boshqarma xodimlari, dekanat va kafedralarning o‘quv-yordamchi xodimlari tomonidan xizmat vazifalarini bajarish sifati ustidan nazorat o‘rnatadi;

•Yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quv yuklamalari mo‘ljalli hajmini aniqlaydi;

•Kafedra mudirlari bilan hamkorlikda kafedralar o‘quv yuklamalari hajmini aniqlaydi va kafedra shtatlari miqdori haqida taklif kiritadi;

•O‘quv yuklamalarining lavozimlar bo‘yicha adolatli va to‘g‘ri taqsimlanishini nazorat qiladi va bu bo‘yicha kafedralarga uslubiy yordam ko‘rsatadi;

•O‘quv grafigi bo‘yicha fakultetlar takliflarini yig‘adi, umumlashtiradi va shu asosda institut o‘quv grafigi loyihasini tayyorlaydi;

•Kafedralar o‘quv yuklamalari va uning taqsimotining o‘quv yili davomidagi o‘zgarishi (asosli sabablarga ko‘ra) hisobini olib boradi, sabablarini aniqlashtiradi va tegishli choralar ko‘rish haqida taklif beradi;

•Fakultetlarda o‘quv jarayonini tashkil etish sifatini nazorat qiladi bu bo‘yicha kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha uslubiy yordam uyushtiradi;

•O‘quv-uslubiy  jarayon me’yoriy hujjatlarining (ishchi o‘quv rejalari va ishchi o‘quv dasturlari, ish yuritish hujjatlari va b.q.) amaldagi talablar asosida tayyorlanishi va belgilangan tartibda tasdiqdan o‘tkazilishi bo‘yicha fakultetlar va kafedralar faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda bu bo‘yicha uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatadi;

•O‘quv jarayoni me’yoriy hujjatlari mazmuni va sifatining ta’lim standartlari talablariga muvofiq kelish holatining tahlilini tashkil qiladi va bu bo‘yicha fikr-mulohazalarni institut miqyosida umumlashtiradi hamda shu asosda ushbu hujjatlarni takomillashtirish chorasini ko‘radi.

O‘quv-uslubiy boshqarma uslubchisi: Norova Moxichexra Sharifovna

O‘quv-uslubiy boshqarma uslubchisiga yuklatilgan asosiy vazifalar:

  • O‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tadbirlar rejasini tuzadi va ijrosini nazorat qiladi va ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv yuklamalari, o‘quv-uslubiy ishlarning mo‘ljalli hajmini aniqlaydi;
  • Kafedra mudirlari bilan hamkorlikda kafedralar o‘quv yuklamalari hajmini aniqlaydi va kafedra shtatlari miqdori haqida taklif kiritadi;
  • Amaldagi vaqt me’yorlari asosida bakalavriat va magistratura bo‘yicha kafedralar o‘quv yuklamalari hajmini belgilash ishlarini tashkil qiladi va bu bo‘yicha kafedralarga uslubiy yordam beradi;
  • Kafedralar va dekanatlarning bakalavriat va magistratura o‘quv jarayonini tashkil qilishga doir asosiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar (Davlat ta’lim standartlari, namunaviy va ishchi o‘quv rejalari, namunaviy va ishchi dasturlari, ish yuritishga doir hujjatlar va h.k.) bilan ta’minlanish holatini nazorat qiladi;
  • YADA sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqadi va fakultetlarda bajarilishini nazorat qiladi;
  • Bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasi mavzusi va ilmiy rahbarni talabaga biriktirish haqida rektor buyrug‘i loyihsini tayyorlaydi;
  • Bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash bo‘yicha topshiriqlar varaqsining to‘ldirilishi va talabalar qo‘liga etib borishi ustidan nazorat o‘rnatadi;
  • YADAK ishi bo‘yicha yillik hisobotni tayyorlaydi;
  • Tekshirishlar bo‘yicha reydlar va o‘quv ishlari bo‘yicha komissiyalar ishida ishtirok etadi;
  • Boshqarma boshlig‘ining qo‘shimcha topshiriqlarini bajaradi.

O‘quv-uslubiy boshqarma dispecheri: Vaydullayeva Muxayyo Fayzullayevna

O‘quv-uslubiy boshqarma dispecheriga yuklatilgan asosiy vazifalar

  • Institut Ilmiy kengashi, boshqaruv yig‘ilishiga o‘quv ishlariga doir axborotlar va materiallarni tayyorlaydi;
  • O‘quv ishlariga doir Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyruq va ko‘rsatmalari, institut Ilmiy kengashi qarorlarini institut miqiyosida joriy etish bo‘yicha rektor buyruq va farmoyishlari loyihasini tayyorlaydi;
  • O‘quv va o‘quv-yordamchi xonalar hamda ularning o‘quv yiliga tayyorgarlik holati monitoringini yuritadi, bu bo‘yicha belgilangan tartibda taklif kiritadi;
  • Bakalavriat va magistratura bo‘yicha o‘quv jarayoni grafigi va dars jadvallari tuzilishi, tasdiqlanishi va unga amal qilinishi ustidan nazorat o‘rnatadi;

chop etish