Bosh sahifa Yangiliklar E'lonlar

2019 yil 10-11 oktyabr kunlari “Xorijiy tillarni o‘rganishning innovatsion texnologiyalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga taklif etamiz


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 fevraldagi 133-f-sonli farmoyishi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2019 yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasi”da belgilangan tadbirlarni amalga oshirish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 28 fevraldagi “Vazirlik tizimidagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida 2019 yilda o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi №205-sonli buyrug‘ida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Samarqand davlat chet tillar institutida 2019 yil 10-11 oktyabr kunlari “Xorijiy tillarni o‘rganishning innovatsion texnologiyalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.

Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman 2019 yil 10 oktyabr kuni SamDCHTI bosh binosi faollar zalida ochilishi bo‘lib o‘tadi. Anjumanga barcha professor-o‘qituvchilarni hamda magistr-talabalarni taklif etamiz.

chop etish