Bosh sahifa Yangiliklar E'lonlar

Talabalarga o‘z bizneslarini yaratish, yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishda ko‘maklashuvchi biznes-inkubator ish boshladi


Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qoshida “Young Entrepreneurs Generator” (YE Generator) nomli biznes-inkubator faoliyatini boshlamoqda. Yangi loyiha oliygoh talabalariga o‘z bizneslarini yaratish, yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishda ko‘maklashadi.

2020-yil 15-fevral kuni soat 14:00da “YE Generator” biznes-inkubatorining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Marosimda vazirlik va idoralar, xorijiy tashkilotlar vakillari, investorlar, yirik tadbirkorlar va biznes sohasi vakillari ishtirok etadi.

Tadbirda o‘z innovatsion g‘oya yoki loyihasiga ega bo‘lgan talabalar ishtirok etishi mumkin. Manzil: 100003, Toshkent shahri Islom Karimov ko‘chasi, 49-uy. TDIU madaniyat saroyi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: www.tsue.uz,   yegenerator.info@tsue.uz,   yegenerator@gmail.com   

Telefon: +99893-395-28-85

P/S: Biznes-inkubator – yangi korxona uchun qulay sharoitlar yaratib beruvchi va ish boshlash uchun kerakli bo‘lgan joy, ofis texnikasi, buxgalter, konsultant, huquqshunos, auditor, marketologlarning xizmatlari bilan ta’minlab beruvchi tashkilotdir.

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

chop etish