Bosh sahifa Yangiliklar E'lonlar

O‘qituvchilarga yuqori ish haqi to‘lash tizimi joriy etiladi


Samarqand davlat chet tillar instituti

“Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, 2020-yil 1-aprelga qadar normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi.

Loyihada:

  • Pedagogik mahorat va malaka darajasini tasdiqlash bo‘yicha kasbiy sertifikatsiya tizimini joriy qilish;
  • Birinchi va oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilarning oylik ish haqini malaka toifasiga ega bo‘lmagan o‘qituvchilarga nisbatan oshirib borish amaliyotini joriy etish va oylik ish haqi o‘rtasidagi farqlarni kengaytirish nazarda tutiladi.

Mas’ullar – Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi.

 

SamDCHTI matbuot xizmati

chop etish