Bosh sahifa Yangiliklar E'lonlar

Barcha startapchilarga bagʻishlanadi!


Sizlarga Startap tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash dasturining beshinchi sikliga arizalar qabul qilish boshlanganligini xabar qilishdan mamnunmiz!

Agar sizda startap gʻoyalar bor boʻlsa va siz loyihangizni rivojlantirishda ekspert va taniqli tadbirkorlardan maslahatlar olmoqchi boʻlsangiz, unda ariza topshirishga shoshiling.

Jami gʻoliblar 40 tani tashkil qiladi va ular oʻz startaplarini amalga oshirish uchun 50 000 000 soʻmgacha boʻlgan mablagʻga ega boʻlishadi. 

Arizalar 2020-yilning 16-sentyabriga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Roʻyxatdan oʻtish uchun havola: http://startupinitiatives.uz

Qoʻllab-quvvatlash dasturi haqida batafsil – http://startupinitiatives.uz/#about-program

chop etish