Bosh sahifa Yangiliklar E'lonlar

Institutda birorta dars mashgʼuloti oʼtilmay qolgan boʼlishi mumkin emas


Samarqand davlat chet tillar instituti

"Sizdan Telegram"  ijtimoiy tarmogʼida chiqarilgan postga munosabat.

Samarqand davlat chet tillar institutida yangi oʼquv yili 2020-yil sentabr oyidan masofaviy taʼlim shaklida boshlanib, 16-oktabrdan bosqichma-bosqich anʼanaviy taʼlim shakliga oʼtkazildi. Bu haqda institut rasmiy veb sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali barcha professor-oʼqituvchi va talabalarga yetkazilgan. Masʼul rahbarlar har bir guruhda anʼanaviy taʼlim shaklining afzalliklari, barcha say-harakatlar talabalar uchun ekanligi haqida tushuntirish ishlarini olib borishgan. Shu asnoda, institutda anʼanaviy taʼlim shaklida birorta dars mashgʼuloti oʼtilmay qolgan boʼlishi mumkin emas.

Аyni paytdagi mavjud pandemiya sharoitida institut professor-oʼqituvchilari va talabalarining uzrli (kasal, homilador, nogiron, salomatligida nuqsoni borlar va b.) sabablarga koʼra institutga kela olmasliklarini inobatga olgan holda anʼanaviy taʼlim shakli bilan bir qatorda masofadan turib taʼlim olish imkoniyati ham yaratib berilgan. Talabalarning masofaviy taʼlim olishlari uchun institutda yetarli sharoitlar mavjud. Har bir fan boʼyicha mavzular kesimida oʼquv resurslar joylashtirib chiqilgan. Masofaviy taʼlim jarayonida zaruriy bilim va koʼnikmalarni egallash asosan talabaning oʼziga bogʼliq va bu borada institutdagi barcha talabalarga tushuntirish ishlari va koʼrsatmalar berib oʼtilgan.

__________
SamDChTI Аxborot xizmati

chop etish