Bosh sahifa Yangiliklar E'lonlar

SamDCHTI o’qituvchisi tomonidan yangi xitoycha-o’zbekcha lug’at yaratildi. Uning boshqa lug’atlardan farqi nimada?


Samarqand davlat chet tillar instituti

Mening xitoy tili rasmli lug’atim talabalarga xitoycha so’zlarni rasmlar va tasvirlar orqali chuqur va ma’noli o’rganishlari uchun tayyorlangan. Lug’at 15 ta mavzulashtirilgan bob, 142 ta suratli mavzular va 4000 dan ziyod ko’p qo’llaniladigan so’zlarni o’z ichiga oladi.

15 ta bob Xalqaro xitoy tili Konsulligi tomonidan nashr etilgan Xalqaro xitoy tili ta’lim dasturi asosida qismlarga bo’lib chiqilgan. Kundalik hayotning hamma tomonini qoplab olish uchun ular keyinchalik 142 ta mavzuga bo’lingan. Lug’atning so’zlar ro’yxatlari ham yolg’iz so’zlarni ham iboralarni o’z ichiga olgan.

Otlar, fe’llar xuddi predloglar va sifatlar kabi mavzulashtirilgan sahnalarda alohida tasvirlangan holatlar bilan berilgan. So’zlarning bir biriga tabiiy birikishini ko’rsatish maqsadida ko’plab iboralar keltirib o’tilgan.

Sotuvda mavjud bo’lgan boshqa lug’atlarga o’xshamagan holda, mening xitoy tili rasmli lug’atim nafaqat Xitoy madaniyatida, balki G’arb jamiyatida ham foydali bo’lgan yangi so’zlarni taqdim etadi. Bu talabalarga xitoycha so’zlarni turli xil madaniyatlar haqida gaplashish uchun o’rganish va ishlatish imkoniyatini beradi.

Bizning xitoy tili lug’atimizning boshqa lug’atlardan yana bir muhim farqi, bizning kitobimiz talabalarga nafaqat choyxonalar, Pekin operasi, urf-odat, marosim va hokazolarni o’z ichiga olgan an’anaviy Xitoy madaniyatini, balki uy ishlari, maktab va ishxonadagi zamonaviy xitoyliklar hayotini ham tushuntirib berishni maqsad qilib olgan. Kitob haqiqiy Xitoyni an’analar va zamonaviy jamiyat bilan birlashgan holatini yorqin ranglarda tasvirlashni maqsad qilib olgan.

Mening xitoy tili rasmli lug’atimda soddalashtirilgan ierogliflar ishlatilgan va har bir so’z yoki ibora pinyin va o’zbekcha tarjimasi bilan berilgan. Pinyin Xiandai Hanyu Cidian (现代汉语词典 5  Zamonaviy Xitoy Lug’ati 5-varianti) va Xinhua Pinxie Cidian (新华拼写词典 Xinxua Pinyin Yozuvi Lug’ati)ga asoslangan.

Talabalarga so’zlarni lug’atdan oson topishga yordam qilish uchun ham xitoycha ham o’zbekcha so’zlar kitob oxiridagi ko’rsatkichda berilgan. Qo’shimcha ravishda, xitoycha ko’rsatkich an’anaviy ieroglif o’rganuvchilar uchun lug’atni ishlatish oson bo’lishi maqsadida har bir ieroglifning an’anaviy variantini beradi.

 

Begzod Sattorov,

Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti o’qituvchisi

chop etish