Bosh sahifa Yangiliklar E'lonlar

Samarqand davlat chet tillar instituti ilmiy tadqiqotchisining monografiyasi Germaniyaning Lambert nashriyoti taklifiga ko’ra dunyoning turli davlatlarida 8 tilda nashr ettirildi


Samarqand davlar chet tillar instituti

 

 

 

Samarqand davlat chet tillar institutining ilmiy tadqiqotchisi Rustamova Adash Eshanqulovnaning “The Main Concepts of Teaching English Pronunciation in Kindergartens” nomli maqolasi bilan tanishib chiqqan Germaniyaning Lambert nashriyoti tadqiqotchiga ushbu maqola mavzusida monografiya nashr etishini va uni 8 ta tilda chop etishni taklif qildi.

Tadqiqotchi Rustamova Adash Eshanqulovna ularning taklifiga binoan “The Main Concepts of Teaching English Pronunciation in Kindergartens” nomli monografiyasini 8 ta tilda nashr ettirdi va ushbu monografiya dunyo bo’ylab sotuvga qo’yildi. Tadqiqotchi “Maktabgacha yoshdagi bolalarda chet tilini o’qitishda talaffuzni shakllantirish va rivojlantirish” mavzusida tadqiqot ishini olib bormoqda.

Monografiyada dunyo davlatlari va O’zbekistonda maktabgacha ta’limda chet tilini o’qitishda talaffuzni shakllantirish va rivojlantirishning zamonaviy usullari va vositalari xususida keng ma’lumot berilib, taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish