Bosh sahifa Yangiliklar E'lonlar

Yakuniy davlat attestatsiya sinovlari inson omilining ishtirokisiz o’tkazildi


Xabaringiz bor, kuni kecha Samarqand davlat chet tillar institutida yakuniy davlat attestatsiya sinovlari, bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyasi himoyalarining belgilangan auditoriya va muddatlarda tasdiqlangan jadval asosida o’tkazilishi to’g’risida xabar bergan edik.

Bugun, 21-may kuni institutda yakuniy davlat attestatsiya sinovlarini o’tkazish tadbirlari boshlandi. Jarayon boshlanishidan oldin institut rektori hamda komissiya a’zolari bitiruvchi talabalar bilan uchrashishdi hamda ularga yakuniy davlat attestatsiya sinovlarini muvaffaqiyatlari o’tkazishida omad yor bo’lishi aytib o’tishdi.

Guvohi bo’lganingizdek, jarayon shaffofligini ta’minlash maqsadida sinovlar institut Moodle ta’lim platformasida inson omilining ishtorokisiz tashkil etildi va holat onlayn transilatsiya qilindi. Barcha qiziquvchilar, ota-onalar va boshqalar onlayn tarzda sinov jarayonlarini kuzatishlari uchun imkoniyat yaratildi.

 

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish