Bosh sahifa Yangiliklar E'lonlar

SamDCHTI Akadmik litseyi o’quvchisi davlat granti asosida o’qishga kirish imkoniyatini qo’lga kiritdi


Toshkent shahrida sportning "100 katakli shashka" turi bo'yicha o'smirlar o'rtasida  O'zbekiston chempionati bo’lib o’tdi. Unda yurtimiz yoshlari qatorida Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi o’quvchisi Ikrom Abdurasulov ham ishtirok etdi.

O'zbekiston chempionati "100 katakli shashka" turining 3 yo’nalishi bo’yicha o’tkazilib, ular “Blits”, “Rapid”, “Classic” yo’nalishlaridir.  

Musobaqa natijalariga ko’ra, institut akademik litseyi o’quvchisi Ikrom Abdurasulov “Blits” yo’nalishi bo’yicha 1-o’rinni egallab, O'zbekiston chempioni bo’ldi.

Ikrom Abdurasulov g’oliblik bilan bir qatorda yurtimizdagi davlat oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida o’qishga kirish imkoniyatini ham qo’lga kiritdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish