Bosh sahifa Yangiliklar E'lonlar

Hurmatli abituriyentlar, Samarqand davlat chet tillar institutining qoʻshma taʼlim dasturlariga arizalarni qabul qilish rasman boshlandi


2021/2022 oʻquv yilida Samarqand davlat chet tillar institutida tashkil etilgan qoʻshma taʼlim dasturlari uchun ajratilgan qabul kvotalari rasman tasdiqlangan va pastdagi jadvalda batafsil koʻrsatilgan.

Ushbu dasturlarga qabul jarayoni joriy yilning hozirdan, ya’ni 14-sentabridan 23-sentabriga qadar davom etadi.

 Abituriyentlar, bizda quyidagi qoʻshma ta’lim dasturlari mavjud:

Bakalavriat uchun

Janubiy Koreyaning Sunchunyan universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Filologiya va tillarni oʻqitish: koreys tili” ta’lim yoʻnalishiga ajratilgan qabul kvotalari 30 nafar.

Malayziyaning “City University of Malaysia” universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: ingliz tili” ta’lim yoʻnalishiga ajratilgan qabul kvotalari 30 nafar.

Malayziyaning “City University of Malaysia” universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Filologiya va tillarni oʻqitish: ingliz tili” ta’lim yoʻnalishiga ajratilgan qabul kvotalari 30 nafar.

Rossiyaning Belgorod davlat milliy tadqiqot universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Filologiya va tillarni oʻqitish: rus tili” ta’lim yoʻnalishiga ajratilgan qabul kvotalari 30 nafar.

Rossiyaning Altay davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Filologiya va tillarni oʻqitish: rus tili” ta’lim yoʻnalishiga ajratilgan qabul kvotalari 30 nafarni tashkil etadi.

Magistratura mutaxassisligi uchun

Rossiyaning Belgorod davlat milliy tadqiqot universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Lingvistika: ingliz tili” mutaxassisligiga ajratilgan qabul kvotalari 5 nafar.

Qoʻshma ta’lim dasturlariga arizalarni qabul qilish  anketa.samdchti.uz platformasi orqali amalga oshiriladi. Arizalar faqat onlayn qabul qilinadi.

Ariza topshirishda pasport va diplomingizning PDF yoki JPEG shaklidagi nusxalarini kiriting. Hujjat topshirayotganda hujjatlarni toʻliq (diplom ilovasi bilan) yuklanganligiga ishonch hosil qiling, agar hujjatlar toʻliq yuklanmagan boʻlsa, arizaningiz qabul qilinmaydi.

Eslatib oʻtamiz: Qo’shma dasturlar bilan bogʻliq qoʻshimcha ma’lumotlarni institutning “Axborot xizmati” telegram kanali orqali kuzatib borasiz.

Qoʻshma ta’lim dasturlariga ariza topshirish yo'riqnomasi

Qo'shma ta'lim dasturlari haqida batafsil ma'lumot

Batafsil maʼlumot uchun telefon:

+998933562802

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish