Bosh sahifa Yangiliklar E'lonlar

Hurmatli abituriyentlar, sizlar uchun yaxshi imkoniyat, qo'shma ta'lim dasturlariga yana qabul e'lon qilindi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-iyuldagi 421-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qo‘shma ta’lim dasturlari asosida ta’lim faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida” NIZOM talablariga muvofiq 

2021-2022 o‘quv yili uchun Altay davlat pedagogika universiteti bilan 2+2 shaklida tashkil etilgan Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili) hamda Belgorod davlat milliy tadqiqot universiteti bilan 2+2 shaklida tashkil etilgan Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili) ta’lim yo‘nalishlariga ajratilgan qabul to'lmay qolganligi inobatga olinib, 

Mazkur ikkita ta'lim yo'nalishlariga to‘lmay qolgan bo‘sh o‘inlari uchun 2021-yilning 8-noyabridan 14-noyabriga qadar qayta qabul e’lon qilindi.

Hujjatlar faqat onlayn qabul qilinadi, oliy ta'lim muassasasida qabul qilinmaydi. Onlayn hujjat topshirish quyidagi havola orqali amalga oshiriladi:

anketa.samdchti.uz

Batafsil ma'lumot uchun telefon:
☎️ +998 90 445 28 02

Qabul bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlar AXBOROT XIZMATI   kanalida ommaga ulashib boriladi.

chop etish