Bosh sahifa Yangiliklar E'lonlar

Magistraturaga hujjat topshirib, talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar diqqatiga!


2021-2022 oʻquv yili qabulida respublika oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga kirish imtihonlari natijasiga koʻra mutaxassislik boʻyicha maxsus fanlardan toʻplash mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 40 foizi (40 ball) va undan yuqori ball toʻplagan, ammo talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarni oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklari xususiyati, mavjud quvvatlari, moddiy-texnika bazasi hamda professor-oʻqituvchilari tarkibini hisobga olgan holda, ularning yozma arizalariga muvofiq toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilishga ruxsat berildi.

Toʻlov-kontrakt miqdori oliy ta’lim muassasalari tomonidan mustaqil belgilanishi koʻrsatib oʻtilgan. Shu munosabat bilan Samarqand davlat chet tillar instituti magistratura mutaxassisligi boʻyicha kunduzgi ta’lim shaklida bir talabaga toʻgʻri keladigan oʻqitish xarajatlarining minimal miqdorlaridan kelib chiqib, 2021-2022 oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt miqdori tasdiqlandi. Tasdiqlangan toʻlov-kontrakt miqdori quyidagi jadvalda oʻz aksini topgan.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Eslatib oʻtamiz, shartnoma imzolagan abituryentlar uchun tasdiqlangan toʻlov miqdorining kamida 50 fozini oʻtkazishning soʻnggi muddati 2021-yilning 20-noyabr kuni etib belgilangan.

Ariza bilan murojaat qilgan abituryentlarni ballar ketma-ketligiga qat’iy amal qilgan holda qabul qilish maqsadida arizalar 2021-yilning 15-noyabriga qadar qabul qilinadi.

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish