Bosh sahifa Yangiliklar E'lonlar

Abiturientlarga e'lon


BARCHA ABITURIYENTLAR DIQQATIGA !!!

QABUL-2018 TEST SINOVLARIGA KIRISH UCHUN DTM RUXSATNOMALARI 29.07.2018 YILDAN BOSHLAB TEST SINOVLARI BO'LADIGAN BINOLARDA TARQATILADI

Davlat test markazi viloyat bo‘limining xabar berishicha, abiturientlar Samarqand davlat chet tillar institutiga 2, 3 avgust kuni test sinovlari topshiradi.
Test sinovlari Samarqand shahridagi Dahbet va Rudakiy ko‘chalari kesishmalarida joylashgan ta’lim muassasalari – sportning o‘yin turlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi, Samarqand davlat universiteti akademik litseyi va Samarqand pedagogika va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejining 5 ta katta sig‘imdagi sport zallarida bo‘lib o‘tadi
Abiturientlar davlat test markazining rasmiy veb-sayti (www.testday.dtm.uz) orqali test sinoviga qachon va qaysi vaqtda borishi, test topshiradigan bino va uning manzili haqida to‘liq ma’lumot olishi mumkin. Shuningdek, bu haqdagi ma’lumotlar ularga tarqatiladigan DTM ruxsatnomalarida ham yoziladi.

chop etish