Bosh sahifa Yangiliklar E'lonlar

Yilning eng yaxshi professor-o’qituvchisi


SAMARQAND DAVLAT ChET TILLAR INSTITUTI REKTORATI INSTITUTNING INGLIZ TILI O’QITUVChILARI O’RTASIDA “YILNING ENG YaXShI PROFESSOR-O’QITUVChISI” LOYIHASI UChUN TANLOV E’LON QILADI

 

Institutda samarali mehnat qilib kelayotgan ingliz tili o’qituvchilarini munosib rag’batlantirish maqsadida institut rektorati “Eng yaxshi professor-o’qituvchi” tanlovini e’lon qiladi. Tanlov natijasiga ko’ra institut rivojiga munosib hissa qo’shib kelayotgan, o’z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashib, boshqalarga o’rnak ko’rsatayotgan, jamoat ishlarida faol ishtirok etayotgan institutning g’olib professor-o’qituvchilari moddiy va ma’naviy rag’batlantiriladi hamda xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan birida bepul malaka oshirish imkoniyatini qo’lga kiritadi.

            Nomzodlarga qo’yiladigan talablar:

Eng yaxshi professor-o’qituvchi” nominasiyasiga nomzodlar;

  • institutda 5 yildan kam bo’lmagan (asosiy shtat birligida) pedagogik faoliyat bilan shug’ullanib kelayotgan;
  • ilmiy maqolalar hamda o’quv uslubiy qo’llanmalar chop etgan;
  • yangi pedagogik texnologiyalarni o’quv jarayoniga tadbiq etuvchi;
  • institut veb sayti MOODLE platformasida fanlar bo’yicha kurslar yaratgan;
  • ilg’or xalqaro imtihon tizimlari (IELTS 7 yoki CEFR C1) sertifikatlarga ega;
  • hamda pedagogik faoliyati davomida talabalar e’tiborini qozongan, tashabbuskor va ma’naviy-ma’rifiy ishlarda faol ishtirok etuvchi o’qituvchi va katta o’qituvchilar safidan saralab olinadi.

            Tanlovni o’tkazish shartlari

Tanlov ikki bosqichda amalga oshiriladi.

Birinchi bosqichda nomzodlarning hujjatlari jamlanadi va o’rnatilgan tartibda ko’rib chiqiladi. Hujjatlari barcha talablarga javob bergan nomzodlar tanlovning ikkinchi bosqichiga tavsiya etiladi.

Ikkinchi bosqichda nomzodlar interaktiv usullarni qo’llagan holda 3 ta har biri 20 daqiqalik video dars taqdim etadi.

Tanlovni o’tkazish tartibi.

            Mazkur tanlov ichki tartib asosida o’tkaziladi va institutda maxsus ishchi guruh tashkil etiladi. Maxsus ishchi guruh faoliyatiga bevosita rektor rahbarlik qiladi va yakuniy xulosa chiqariladi.

            Arizalarni qabul qilish muddati – 2019 yil 4 fevral.

            Videodars taqdim etish muddati – 2019 yil 9 fevral.

            Natijalarni e’lon qilish muddati – 2019 yil 11 fevral.

            Hujjatlar institutning xalqaro hamkorlik bo’limida qabul qilinadi. Qo’shimcha ma’lumotlarni 2336174, 97 9186200 telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin.

            INSTITUT MA’MURIYaTI

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar topshirilishi lozim

Hujjat nomi

Mavjud

Mavjud emas

1

Tanlovda ishtirok etish uchun rektor nomiga ariza

 

 

 

2

Chop etilgan maqolalar ro’yxati va maqolalarning nusxalari

 

 

3

Nashr etilgan o’quv uslubiy qo’llanmalar va darsliklar

 

 

 

4

Yangi pedagogik texnologiyalarni o’quv jarayoniga tadbiq etgan holda tashkil etgan “Ochiq dars” bayonnomasi (dars jarayoni rasmlari, videolari)

 

 

5

Xalqaro imtihon tizimlari (IELTS 7 yoki CEFR C1) sertifikatlari nusxasi

 

 

6

Institut veb sayti MOODLE platformasida fanlar bo’yicha yaratgan kurslari

 

 

7

ZiyoNET axborot ta’lim tarmog’i talablari asosida tashkil etilgan 60 daqiqalik video dars

 

 

chop etish