Bosh sahifa Yangiliklar E'lonlar

“YUNESKO – Xamdan bin Rashid Al-Maktum” mukofotiga tanlov


  “YUNESKO – Xamdan bin Rashid Al-Maktum” mukofotiga tanlov e’lon qilinganligini ma’lum qilamiz. Tanlovning asosiy maqsadi – rivojlanayotgan davlatlarning ta’lim tizimi o‘qituvchilarining ilg‘or tajribalarini qo‘llab quvvatlashdan iborat. Tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
      —tavsiyanoma – tavsiya etilayotgan tashkilot tomonidan to‘ldiriladi;
      —ariza – nomzod tomonidan to‘ldiriladi;
      —qo‘shimcha hujjatlar (fotosurat nashrlar va hakozolar);
      Hujjatlarning elektron shakli https://en.unesco.org/teachers/Hamdan-prize saytida joylashtirilgan. Tanlovga hujjatlar 2019-yilning 8-sentabr kuniga qadar YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.
      Murojaat uchun telefon: 267-05-42, 267-05-61  YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi.

chop etish