Bosh sahifa Institut Fakultetlar

Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti


Samarqand davlat chet tillar instituti Kengashining 2021-yil 1-iyuldagi 11-son bayoni bilan tasdiqlangan “Samarqand davlat chet tillar instituti tashkiliy tuzilmasi”ga asosan “Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti” tashkil etildi.

O‘quv ishlari

Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakultetida 3 ta ta’lim yo‘nalishlari mavjud

1. 5120112 - Filologiya va tillarni oʻqitish: ingliz tili

2. 5120200 - Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz tili)

3. 5611501 - Gid hamrohliga va tarjimonlik faoliyati (ingliz tili)

1. 5120112 - Filologiya va tillarni oʻqitish: ingliz tili ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha jami: 1060 nafar talaba tahsil olib kelmoqda. Shundan 1-kursda 300 nafar (kunduzgi) 25 nafar (kechki), 2-kursda 259 nafar (kunduzgi), 3-kursda 286 nafar (kunduzgi), 4-kursda 190 nafar (kunduzgi) talaba tashkil etadi.

2. 5120200 - Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha jami: 429 nafar talaba tahsil olib kelmoqda. Shundan 1-kursda 150 nafar (kunduzgi), 2-kursda 112 nafar (kunduzgi), 3-kursda 90 nafar (kunduzgi), 4-kursda 77 nafar (kunduzgi) talaba tashkil etadi.

3. 5611501 - Gid hamrohliga va tarjimonlik faoliyati (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha jami: 291 nafar talaba tahsil olib kelmoqda. Shundan 1-kursda 50 nafar (kunduzgi), 2-kursda 149 nafar (kunduzgi), 3-kursda 92 nafar (kunduzgi) talaba tashkil etadi.

Fakultetda 5 ta magistratura mutaxassisliklari mavjud

  1. 5A120102 – Lingvistika: ingliz tili
  2. 5A120101 – Adabiyotshunoslik (ingliz adabiyoti)
  3. 5A120201 – Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (tillar bo‘yicha)
  4. 5A120202 – Sinxron tarjima (tillar bo‘yicha)
  5. 5A120202 – Badiiy tarjima (ingliz tili)

1) 5A120102 – Lingvistika: ingliz tili mutaxassisligida jami 192 nafar talaba tahsil olib kelmoqda.

2) 5A120101 – Adabiyotshunoslik (ingliz adabiyoti) mutaxassisligida jami 15 nafar talaba tahsil olib kelmoqda.

3) 5A120201 – Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (tillar bo‘yicha) mutaxassisligida jami 61 nafar talaba tahsil olib kelmoqda.

4) 5A120202 – Sinxron tarjima (tillar bo‘yicha) mutaxassisligida jami 53 nafar talaba tahsil olib kelmoqda.

5) 5A120202 – Badiiy tarjima (ingliz tili) mutaxassisligida jami 15 nafar talaba tahsil olib kelmoqda.

Fakultetda jami 3 ta mutaxassislik kafedralari mavjud.

1. Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi

2. Ingliz filologiyasi kafedrasi

3. Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi

Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida» 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni va «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017-yil          20-apreldagi PQ-2909-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda talaba va o‘quvchilarning ma’naviy-ma’rifiy, madaniy saviyasini muntazam oshirib borish, ularning o‘qishdan bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishini ta’minlash maqsadida Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakultetida qator ma’naviy va ma’rifiy ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Jumladan, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar bilan doimiy tanishtirilib borilmoqda. Yoshlarning bepul madaniy dam olishlariga qaratilgan tadbirlar, teatr tomoshalari, sport musobaqalari muntazam tashkil etilib kelinmoqda. Talaba va o‘quvchilar turizmini rivojlantirish, yosh avlodni mamlakatimizning tarixiy joylariga va buyuk ajdodlarimizning muqaddas ziyoratgohlariga doimiy tashriflari reja asosida uyushtirilib kelinmoqda.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan «Axborot va murabbiylik soatlari»ni metodik ta’minlanib, turli mavzularda multimedia mahsulotlari tarqatilib borilmoqda.

Professor-o‘qituvchilar, talaba va o‘quvchilar o‘rtasida huquqbuzarlik va korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarini muntazam yo‘lga qo‘yilgan.

Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti qoshida talabalarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida quyidagi to‘garaklar faoliyat olib bormoqda;

  • “Yosh filologlar ” zakovat klubi
  • “Speaking club” to‘garagi
  • “Wise readers” kitobxonlar klubi
  • “Yosh jurnalistlar” klubi
  • “Youth’s broadcast” yoshlar san’at klubi
  • “Gifted students” iqtidorli yoshlar to‘garagi
  •  “Sog‘lom avlod” talabalar sport klubi
  •  “IT technology” to’garagi

Ilmiy ishlar

Ilmiy tadqiqot – yangi bilimlarni ishlab chiqish jarayoni, bilish faoliyati turlaridan biri hisoblanadi. Unga obe’ktivlik, ishonchlilik, aniqlik xosdir. Bugungi kunda fakultetimiz ilmiy yo‘nalishi miqyosida boshqa OTMlar bilan hamkorliklar keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda. Buning yaqqol namunasi sifatida fakultetimizning S.Ulug‘zoda nomidagi Tojikiston davlat universiteti bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yganligini ko‘rishimiz mumkin. Talabalarning ilmiy salohiyatini yanada rivojlantirish uchun doimiy tarzda har bir kurslar uchun alohida to‘garaklar joriy qilingan. Bu to‘garaklar talabalarni ilmiy tadqiqot qilishlari uchun ko‘maklashadi. Fakultetda ustoz-shogird, iqtidorli talabalar bilan ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Ularning tilshunoslikning turli sohalari, og‘zaki va yozma tarjima, badiiy hikoya va she’riyat tarjimasi bilan shug‘ullanish, ilmiy maqolalar yozish kabi qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha davra suhbatlari, muloqotlar tashkil etiladi. Saralab olingan talabalar iqtidori va intilishiga ko‘ra to‘garaklarga jalb qilinib, qiziqqan mavzulari bo‘yicha ilmiy rahbarlar biriktiriladi.

FAKULTET MA’MURIYATI

Fakultet dekani: Erkinov Suxrob Erkinovich

Qabul vaqti: Har kuni 10:00-17:00

Telefon: +998979168213

E-mail:erkinov@samdchti.uz

 

 

 

 

O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari: Suvonov Zoir Norqulovich

Qabul vaqti: Har kuni 10:00-17:00

Telefon: +998979350757

E-mail:suvonov@samdchti.uz

 

 

 

 

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari: Mirzaqulov Anvar Chori o‘g‘li

Qabul vaqti: Har kuni 10:00-17:00

Telefon: +998945190959

E-mail:mirzaqulov@samdchti.uz

 

 

 

 

Kredit-modul tizimini va masofaviy ta’limni tashkil etish bo‘yicha dekan o‘rinbosari: Shomuratov Shoxrux Shomuratovich

Qabul vaqti: Har kuni 10:00-17:00

Telefon: +998906040466

E-mail: shomuratov@samdchti.uz

 

 

 

Ilmiy va xalqaro aloqalar bo‘yicha dekan o‘rinbosari: Ismatullayev Orzu Asatilloyevich

Qabul vaqti: Har kuni 10:00-17:00

Telefon: +998902766791

E-mail: ismatullayev@samdchti.uz

chop etish