Bosh sahifa Institut Fakultetlar

Ingliz tili – II fakulteti


Fakultet haqida umumiy ma'lumot:

O’quv ishlari

Fakultetda 5111400-Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) va 5112200-Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda xorijiy tili (ingliz tili) ta’lim yo’nalishlari hamda kunduzgi va kechki ta’lim shakllari bo’yicha jami 2382 nafar talabalar tahsil olib kelmoqda, shundan kunduzgi ta’lim shakli bo’yicha 1322 (1052 nafari o’zbek guruhlarida, 280 nafari rus guruhlarida), kechki ta’lim shakli bo’yicha 1061 (980 nafari o’zbek guruhlarida, 81 nafari rus guruhlarida) nafar talaba ta’lim olmoqda.

Hozirgi kunda fakultetda 4 ta mutaxassislik kafedralari (Ingliz tilining integrallashgan kursi kafedrasi, Ingliz tili nazariyasi va adabiyoti kafedrasi, Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi va Ingliz tili o`qitish metodikasi kafedrasi) mavjud bo‘lib, ularda 1 nafar professor, 9 nafar dotsent, 13 nafar katta o'qituvchi, 16 nafar assistent-o`qituvchi va  28 nafar stajyor-o'qituvchilar faoliyat ko'rsatmoqda.

Fakultetda talabalarning bo‘sh vaqtlarini unumli va mazmunli o‘tkazishlari uchun xorijlik va mahalliy mutaxassislarni jalb qiligan holda “Speaking Club”, “Debate Club”, “Readers’ Club”, “Movie Club”, “Guide-Interpreters Training Club”, “Yosh talant”, “Intellekt” kabi to‘garaklar faoliyat olib bormoqda.

Ilmiy ishlar

Fakultetda muntazam ilmiy anjumanlar, seminarlar tashkil etiladi va mazkur anjuman va seminarlarda professor-o’qituvchilar o’zlarining ilmiy-tadqiqot ishlari bilan faol ishtirok etib borishadi. Fakultet ilmiy ishlari rejasi asosida kafedralarda muntazam ravishda ilmiy anjuman va seminarlar o‘tkaziladi. Fakultet professor-o’qituvchilari va talabalari domiy xalqaro va Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlar, ilmiy jurnallarda o’z maqolalari bilan ishtirok etib kelishmoqda.

Fakultetda ustoz-shogird, iqtidorli talabalar bilan ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Ularning tilshunoslikning turli sohalari, og’zali va yozma tarjima, badiiy hikoya va she’riyat tarjimasi bilan shug‘ullanish, ilmiy maqolalar yozish kabi qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha davra suhbatlari, muloqotlar tashkil etiladi. Saralab olingan talabalar iqtidori va intilishiga ko‘ra to‘garaklarga jalb qilinib, qiziqqan mavzulari bo’yicha ilmiy rahbarlar biriktiriladi.

Ma’naviy-marifiy ishlar

Fakultetda talabalarning siyosiy va huquqiy savodxonliklarini yanada oshirish, shu bilan birga, mamlakatimizda yuz berayotgan siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy jarayonlarni, ta’limga qaratilgan ijobiy islohotlarni talaba-yoshlar yetkazish hamda xorijiy mamlakatlarda ro'y berayotgan turli voqea-hodisalar haqida batafsil ma’lumotlarni institut “Yoshlar bilan ishlash” bo’limi bilan hamkorlikda professor-o’qituvchilarimiz tomonidan “Axborot va murabbiylik soatlari' da muntazam yoritib boriladi.

Fakultetda muntazam ravishda madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilib, tadbirlarga taniqli olim, yozuvchi, shoir, adiblar, san’at ustalari taklif etiladi. Shuningdek, “Quvnoqlar va zukkolar”, “Talabalar teatr studiyasi”, “Kitobxonlik” faoliyatini targ‘ib qilish va talabalarni keng jalb qilish kabilarga alohida e’tibor qaratiladi.

Yoshlar bilan ishlash

Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismonan sog‘lom etib tarbiyalash, ularni olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. Xususan, yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga va innovatsion jarayonlarga keng jalb qilish, talaba-yoshlarni mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash jarayonida amalga oshirilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy ma’naviy va madaniy vazifalarning tub mohiyatini anglaydigan malakali mutaxassis, komil inson sifatida tarbiyalash, bo‘lajak mutaxasisliklarda mustaqil ijodiy faoliyatga tayyorlashni o‘z-o‘zini anglashning axloqiy asoslarini, mantiqiy fikrlashni, jamoani boshqarish malakalarini shakllantirishni, ularni, hayotda o‘z o‘rnini topish, o‘z taqdirini o‘zi belgilashni, keladakka bo‘lgan ishonchni, mamlakatimiz kelajagini, buyukligini barcha sohalardagi erishayotgan yutuqlari bilan tushuntirib boorish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.

Xalqaro hamkorlik

Ingliz tili–II fakulteti xorijiy oliy ta’lim muassasalari, xorijiy tashkilotlar, va xorijiy mamlakatlarning Respublikamizdagi elchixonalari bilan ta’lim-fan, ilmiy-tadqiqot va madaniy sohalarda hamkorlik aloqalarini o’rnatgan. Hamkorlar o‘rtasidagi kelishuvlar asosida aniq yo‘nalishlar bo‘yicha yo’l xaritalar tuzilib, ular asosida amaliy ishlar olib borilmoqda. Fakultet professor-o’qituvchilari va talabalari El-yurt umidi jamg’armasi, Erasmus+ va turili xalqaro loyihalarning grantlari orqali nufuzli xorijiy universitetlarda stajirovka o’tash hamda malaka oshirish uchun xorijiy safarga yuborilmoqda.

Hozirda fakultetda bir nafar AQShlik mutaxassis (Vivianna Marcel) hamda bir nafar Finlandiyalik ingliz tili mutaxassisi Kalliomäki Merja-Riittalar o’quv jarayoniga jalb qilingan. AQSh elchixonasi bilan hamkorlikda “Library of American Resources” markazlari tashkil etilgan. Fakultetda AQSh elchixonasi hamkorligida STEM loyihasi faoliyat ko’rsatmoqda.

Fakultetda Buyuk Britaniyaning Aston Universiteti, London Metropolitan Universiteti, Norvich tillar instituti, AQShning Indiana universiteti, Portugaliyaning Porto Universiteti, Turkiyaning Hajetepi Universiteti, Rossiya Federatsiyasining Chelyabinsk davlat madaniyat va san’at instituti, Voronej davlat universiteti, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Nejigorod davlat lingvistika universiteti va boshqa universitetlar bilan yaqin hamkorlik aloqalari o’rnatilgan.

FAKULTET BUKLETI

 

FAKULTET MA'MURIYATI:


Samarqand davlar chet tillar instituti

Fakultet dekani: PhD Yusupov Otabek Yakubovich

Qabul vaqti: Har kuni 10:00-17:00

Telefon: +99897 918 62 00

E-mail: yusupov@samdchti.uz

 

Samarqand davlar chet tillar instituti

O'quv ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari: Nurmuratov Anvar Yaxshibayevich

Qabul vaqti: Har kuni 10:00-17:00

Telefon: +998912998448

E-mail: nurmuratov.a.y@gmail.com

Samarqand davlar chet tillar instituti

Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari: Davronov Shexroz Abrorovich

Qabul vaqti: Har kuni 10:00-17:00

Telefon: +998 90 2128989

E-mail: sherri_7777@mail.ru

Kredit-modul tizimini va masofaviy ta'limni tashkil etish bo'yicha dekan o'rinbosari: Komilov Doniyor Baxtiyorovich

Qabul vaqti: Har kuni 10:00-17:00

Telefon: +998915216766

E-mail: Doniyork7@gmail.com

Ilmiy va xalqaro aloqalar bo'yicha dekan o'rinbosari: Shomuxammadov Xoliddin Abdulvoxobovich

Qabul vaqti: Har kuni 10:00-17:00

Telefon: +99890 1026299

E-mail: xoliddin@inyaz.uz

Kechki ta'lim o'quv ishlari dekan o'rinbosari: Anorqulov Sanjar Iskandarovich

Qabul vaqti: Har kuni 10:00-17:00

Telefon: +99897 9186100

E-mail: sanjar@inyaz.uz

FAKULTET KAFEDRALARI


Ingliz tilining integrallashgan kursi kafedrasi

Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi

Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi

Ingliz tili o`qitish metodikasi kafedrasi

 

FAKULTETNING BAKALAVRIATURA YO'NALISHLARI


5111400 Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili

5112200 Maktabgacha va boshlang'ich ta'limda xorijiy til: ingliz tili
 

FAKULTETNING MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI


5A111401 Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili
5A120103 Lingvistika: ingliz tili

 

chop etish