Bosh sahifa Institut Fakultetlar

Narpay Xorijiy tillar fakulteti


Fakultet haqida umumiy ma’lumot:

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2021-yil 15-16-aprel kunlari Samarqand viloyatiga tashrifi davomida viloyat faollari ishtirokida o’tkazilgan yig’ilishda bergan topshiriqlari bo’yicha 20-sonli Bayonining 120-bandida 2021-2022 o’quv yilidan boshlab instituti huzuridagi Narpay xizmat ko’rsatish texnikumi binosida “Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili” hamda “Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda xorijiy til: ingliz tili” ta’lim yo’nalishlari bo’yicha kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan Xorijiy tillar fakulteti faoliyatini yo’lga qo’yish belgilangan.

O’quv ishlari:

Narpay xorijiy tillar fakultetida ikkita ta’limyo’nalishi mavjud:

  1. 5111400 – Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili
  2. 5120200 – Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda xorijiy til: ingliz tili.

5111400 – Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili ta’lim yo’nalishi bo’yicha jami 55 nafar talaba (17 nafari grant, 38 nafari to’lov-kontrakt asosida) tahsil olmoqda. 55 nafar talabadan 9 nafari o’g’il bolalar (4 nafari grant, 5 nafari to’lov-kontrakt), 46 nafari qiz bolalar (13 nafari grant, 33 nafari to’lov-kontrakt) tashkil etadi.Ushbu talabalarning barchasi o’zbek guruhlarda tahsilolmoqda.

5120200 – Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda xorijiy til: ingliz tili ta’limyo’nalishi bo’yicha jami 25 nafar talaba (5 nafari grant, 20 nafari to’lov-kontrakt asosida) tahsil olmoqda. 25 nafar talabadan 2 nafari o’g’il bolalar (2 nafar to’lov-kontrakt), 23 nafarini qiz bolalar (5 nafari grant, 18 nafarito’lov-kontrakt) tashkil etadi. Ushbu talabalarning barchasi o’zbek guruhlarda tahsilolmoqda.

Kafedralar

Fakultetda hozirda bitta “Umumiy fanlar” kafedrasi faoliyat olib boradi. Ushbu kafedrada 1 ta katta o’qituvchi, 1 ta assistant va 7 ta stajyor-o’qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar.

Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida» 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni va «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda talaba va o‘quvchilarning ma’naviy-ma’rifiy, madaniy saviyasini muntazam oshirib borish, ularning o‘qishdan bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishini ta’minlash maqsadida fakultetda qator ma’naviy va ma’rifiyishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Narpay xorijiy tillar fakulteti qoshida talabalarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida quyidagi to‘garaklar faoliyat olib bormoqda;

“Space X” zakovat klubi;

“Quvnoq va zukkolar” klubi;

“Digital Dives” to’garagi;

“Clever Companions” to’garagi.

Ilmiy ishlar

Ilmiy faoliyat har bir izlanuvchi shaxs uchun ahamiyatli jabha hisoblanadi. Shuni hisobga olgan holda talabalarning ilmiy salohiyatini yanada rivojlantirish uchun doimiy faoliyat olib boruvchi to‘garaklar joriy qilingan. Bu to‘garaklar talabalarni ilmiy tadqiqot qilishlari uchun ko‘maklashadi. Fakultetda ustoz-shogird, iqtidorli talabalar bilan ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Ularning tilshunoslikning turli sohalari, og‘zaki va yozma tarjima, badiiy hikoya va she’riyat tarjimasi bilan shug‘ullanish, ilmiy maqolalar yozish kabi qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha  seminarlar, davra suhbatlari, muloqotlar tashkil etiladi. Saralab bolingan talabalar iqtidor yo’nalishi va intilishiga ko‘ra to‘garaklarga jalb qilinib, qiziqqan mavzulari bo‘yicha ilmiy rahbarlar biriktiriladi.

Narpay xorijiy tillar fakulteti dekani: Mamaniyozov HusniddinToshmurodovich

Qabul vaqti: Har kuni 14:00-17:00

Telefon: +998997375119

E-mail: mamaniyozovhusniddin@gmail.com

 

 

 

 

Fakultet manzili ijtimoiy tarmoqlarda: t.me/samdchti_narpay

chop etish