Bosh sahifa Faoliyat Ilmiy faoliyat

Bitiruvchilar klubi


Rahimov G‘anisher Xudayqulovich

Rahimov G‘anisher Xudayqulovich Surxondaryo viloyati Denov tumanida 1975-yilda tavallud topgan. Samarqand davlat chet tillar institutida ta’lim olib, shu oliygohni tamomlagan. Rahimov G‘anisher Xudayqulovich filologiya fanlar doktori ilmiy darajasiga egadir. Rus, ingliz, koreys, fransuz, turk tillarini mukammal biladi.

Rahimov G‘anisher Xudayqulovich O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi arxeologiya instituti, Koreya Respublikasi Xosyo Universiteti kabi joylarda faoliyat olib borgan. Asosiy ish va o‘qish faoliyatini Samarqand davlat chet tillar institutida o‘tkazgan. Hozirda O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti rektori lavozimida ish olib bormoqda.

 

 

Azamat Akbarov
Professor Azamat Akbarov 1977-yil Samarqand shahrida tavallud topgan. Samarqand davlat chet tillari institutining ingliz filologiyasi yo‘nalishini  tamomlagan. 2003-yili Shvetsiyaning Dalarna universitetida siyosatshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha magistr ilmiy darajasini qo‘lga kiritgan. 2009-yili Janubiy Koreyada ingliz tilshunosligi yo‘nalishida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. 1999-2001 yillarida Samarqand davlat chet tillar institutida faoliyat yuritgan. 2004-2006 yillarida Janubiy Koreyaning Pusan chet tillar universitetida O‘rta Osiyo tadqiqotlari fakultetida o‘zbek tili, tarixi, madaniyati yo‘nalishida dars berdi.  Janubiy Koreyada ilk bor o‘zbek tilini o‘rganayotgan koreys talabalari uchun 200 betlik darslikka mualliflik qildi, bu kitob hali ham ushbu mamlakatda yagona o‘zbek tili darsligi hisoblanadi. 2009-yildan 2016-yilgacha Bosniya va Gersegovina poytaxti Saraevo shahridagi xalqaro Burch universitetida “Ingliz tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri, Pedagogika fakulteti dekani, va ushbu universitetning (2012-2016) ilmiy ishlar va xalqaro munosabatlar bo‘yicha prorektori lavozimida faoliyat yuritdi. Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti umumiy tilshunoslik va yevropa tillari kafedrasi professori lavozimida ish olib bordi. Hozirgi kunda Shimoliy Koreyadagi Pusan Chet tillar institutida faoliyat yuritmoqda. A.Akbarov faoliyati davomida xalqaro andozalarga mos loyihalari bilan dunyo tilshunoslarining diqqat-e’tiborini jalb etdi.
       So‘nggi 16 yil davomida 60 dan ortiq davlatda o‘tkazilgan ilmiy konferensiya, simpozium va seminarlarda qatnashib, 150 dan ortiq maqola, 15 ta kitob nashr qildi, 8 ta loyiha ustida ishladi. 10 dan ortiq xalqaro tilshunoslik (amaliy, kognitiv) va tarjimonlik assotsiatsiyasi a’zosi.  2017-yil dekabr oyida «Chet tilini o‘rgatishdagi yondashuv va usullar: nazariyadan ko‘nikmalargacha»  kitobi chop etildi.

 

chop etish