Bosh sahifa Faoliyat Ilmiy faoliyat

Istiqbol rejalar


SamDCHTI ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘yicha istiqbolli rejasida ko‘satilgan vazifalarni amalga oshirishda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4958-sonli Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limga qo‘yiladigan davlat Talablari” va “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi Nizom”i tasdiqlandi, qarorda doktorant va mustaqil izlanuvchilarning kelajakda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilishda samaradorlikni yanada oshirish, ya’ni intellektual potensialni ko‘tarish maqsadida xalqaro standart va usullarga tayangan holda Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’ati qarorlari, buyruq va yo‘riq xatlari hamda institut Kengashi majlisi qarorlarini dastur sifatida qabul qilib, muntazam o‘rganib borish va ilmiy-tadqiqot jarayoniga tatbiq etishga asosiy e’tiborini qaratilgan.

Istiqbolli rejada ko‘rsatilganidek doktorantlar, mustaqil izlanuvchi va yosh o‘qituvchilar doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilishga harakat qiladilar.

Institutda quyidagi 6 ixtisoslik yo‘nalishlari bo‘yicha tayanch doktorantura va doktoranturada 09.00.03 – “Falsafa tarixi”, 10.00.04 - “Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti”, 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik”, 10.00.11 – “Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi”, 13.00.01 – “Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi”, 13.00.06 – Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi (ta’lim sohalari va bosqichlari bo‘yicha) ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari Samarqand viloyatiga yaqin hududda joylashgan viloyatlardagi oliy ta’lim muassasalarining doktorantlar va mustaqil izlanuvchilari “Chet tili” (ingliz, nemis, fransuz) tillardan malakaviy imtihonlarni institutimizda topshirishiga OAK tomonidan ruxsat berildi.

Shuningdek joriy yilda institutda ilmiy salohiyatni oshirish maqsadida doktorlik dissertatsiyasini himoya qiladiganlar miqdorini oshirishga qaratilgan moddiy-ma’naviy samarali mexanizmlarni ishlab chiqish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Institutda ilmiy salohiyatni oshirish, talaba va magistrlarni ilmiy maktablarga jalb qilish maqsadida iqtidorli yoshlar bilan talabalikning ilk bosqichlaridanoq maqsadli ishlashni keskin faollashtirish, ularni ayniqsa moliyalashtirilayotgan ilmiy-tadqiqot faoliyatiga kengroq jalb qilish, oliy ta’limning bakalavriat va magistratura hamda oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning katta ilmiy xodim izlanuvchilar instituti bosqichlari orasidagi mantiqiy uzviylikni ta’minlash orqali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash salmog‘ini oshirish borasida ishlar aniq rejalar asosida olib borilmoqda.

Buning asosi sifatida iqtidorli talabalarni ilmiy to‘garaklarga jalb etish, ularni chuqurlashtirilgan dastur asosida o‘qitish kabi vazifalar dekanat va kafedralar zimmasiga yuklatilganligini, o‘qitish jarayonida talabalarning intellektual salohiyatini oshirish maqsadida zamonaviy texnologiyalar va mustaqil ishlash texnologiyalari qo‘llanilish talab etilayotganini ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin.

Barcha fakultetlardagi iqtidorli talabalar guruhi tarkibidan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish ko‘nikmasiga ega bo‘lgan iqtidorli talabalarni tanlab olish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomdor Davlat stipendiyalari uchun o‘tkaziladigan tanlovlarda, xalqaro tanlovlarda, olimpiadalarda, ilmiy va metodologik seminarlarda ishtirok etishlarini ta’minlash maqsadida har bir kafedrada yig‘ilish o‘tkazilib, aniq vazifa va tadbirlar belgilangan.

Samarqand davlat chet tillar institutida sohaning dolzarb muammolari bo‘yicha xalqaro va respublika ilmiy-amaliy anjumanlari o‘tkazilib kelinmoqda.

 

Samarqand davlat chet tillar institutining kelgusi

2017-2021 yillarga mo‘ljallangan ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlash bo‘yicha istiqbolli rejasi

 

Yillar

2017

2018

2019

2020

2021

PhD

3

9

13

15

16

DSc

-

4

3

4

6

Ilmiy salohiyat

(% hisobida)

23

24

27

31

35

 

chop etish